Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

A Seriyaning o‘z pozisiyasi bo‘yicha eng qimmat futbolchilari

A Seriyaning o‘z pozisiyasi bo‘yicha eng qimmat futbolchilari

Baho:
+ | -

A seriyaning 2020/21 yilgi mavsumi ham yakunlanish arafasida. Italiya chempionatining bu yilgi mavsumi har qachongidan qiziqarli o‘tdi deyish mumkin, chunki deyarli 10 yillik "Yuventus"ning gegemonligi yakuniga yetdi. Qolaversa, eski avlod vakillar orasida muxlislari ko‘p bo‘lgan, "Inter" va "Milan" jamoalari yana Italiya toji uchun kurash olib bormoqda. Shuningdek, A seriyada ham har doim murabbiylar qarama-qarshiligiga katta e’tibor beriladi, ammo bari-bir asosiy qahramonlar futbolchilardir. Anglaganingizdek, hozir biz sizlar bilan Italiya chempionati haqida suhbatlashamiz. Bu gal esa faqat boshqacha, ya’ni Italiya chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer narxidan kelib chiqib, orzular jamoasini tuzmoqchimiz. Darvoqe, quyida 3-4-3 sxemasi bo‘yicha taqdim etiladigan jamoaning umumiy qiymati 715 million yevroni tashkil etadi. Qani, boshladik.

Darvozabon

Janlujji Donnarumma ("Milan"; 60 million yevro)

Hozirda A seriyaning eng qimmat darvozaboni "Milan" darvozaboni Janlujji Donarummadir. "Rossonerilar" tarbiyalanuvchisi atigi 22 yoshda. Shu bilan birga, Donarumma 5 yildan beri milanliklar asosiy tarkibda to‘p surmoqda. Oldingi mavsumlarda Janlujji juda ko‘p gol o‘tkazib yuborgan, bu ko‘rsatkich bir yilda 40dan ortiq golga to‘g‘ri keladi. Ammo, shuni ham aytib o‘tish kerakki, ko‘p hollarda himoyachilarning xatosi bilan ham "Milan" posboni darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan. Donarumma ushbu mavsumda A seriyada 29 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 35 marta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha, "Milan" Italiyadagi 4 jamoa hisoblanadi. Faqatgina, "Inter", "Yuventus" va "Napoli" Stefano Pyoli jamoasiga qaragan kamroq darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan. Ha, joriy mavsumdagi "Milan" o‘tgan yillardagiga qaraganda ancha ishonchliroq o‘yin ko‘rsatmoqda va ushbu holatda Donarummaning xizmatlari borligini ham ta’kidlab o‘tish kerak.

Himoyachilar

Stefan de Vrey ("Inter"; 55 million yevro)

De Vrey o‘zining  "Inter"dagi uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. 2018 yil yozida himoyachi "Lasio"dan erkin agent sifatida "neradzurrilar" safiga o‘tgan edi. Milanliklar jamoasida Stefan tezda asosiy tarkibdagi o‘yinchiga aylandi. De Vrey maydonning har ikki tomonida ham samarali harakat qilmoqda. Masalan, o‘tgan mavsumda 28 yoshli gollandiyalik A seriya o‘yinlarida 3 ta gol va 4 ta golli pas berdi, bu markaziy himoyachi uchun yomon emas. O‘tgan mavsum avvalida "Barselona" futbolchiga qiziqish bildirgandi, ammo "Inter" kataloniyaliklarning taklifini rad etdi.Ushbu mavsumda ham futbolchi yaxshi harakat qilmoqda. Himoyachi joriy yilgi chempionatda 27 marta maydonga tushib, 1 marta o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan. "Inter" ushbu mavsumda A seriyada yetakchilik qilmoqda va o‘z darvozasidan eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoalardan biri bo‘lib turibdi. Milan jamoasining ushbu natijalarida Stefanning xizmatlarini ham e’tirof etish kerak.

Kalidu Kulibali ("Napoli"; 50 million yevro)

Kulibali A ceriyaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri sanaladi. Senegallik futbolchi juda kamdan-kam hollarda maydonda samarasiz harakatlarini amalga oshiradi. Futbolchi 2019/20 yilda jarohat sabab ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan edi, ammo ushbu yil bunday muammo uni qiynamadi. Shu bilan birga, 29 yoshli himoyachining transfer narxida ham ko‘tarilish bo‘ldi.  "Manchester Siti" Kulibaliga qiziqish bildirgan paytda, "Napoli" rahbariyati futbolchi uchun 70 dan 80 million yevro atrofida so‘ragan. Natijada "shaharliklar" o‘zlarini yangi himoyachi topdilar va senegalliklar Neapolda qoldi.

Matteys de Ligt ("Yuventus"; 75 million yevro)

2019 yil iyul oyida de Ligt "Ayaks"dan "Yuventus"ga 85 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi. Buni inobatga olgan holda, ular darhol Matteysdan yuqori darajadagi o‘yin kutishdi. Ammo, dastlab yosh markaziy himoyachi "keksa sinyora" safida yaxshi o‘yin namoyish etmadi. Juda ko‘p muhim uchrashuvlarda xatoga yo‘l qo‘yib, muhim uchrashuvlarda gol o‘tkazib yuborishga sabab bo‘lgan. Kyellini mavsum boshida jarohat olganligi sababli, murabbiy uni har turda maydonga tushirishga majbur edi. Keyinchalik, gollandiyalik iqtidor egasi tajribasini orttirib boraverdi va o‘sha mavsumning o‘zida "Yuventus"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ulgurdi. Kim biladi, agar Jorjino Kyellini mavsum boshida jarohat olmasa, de Ligtning "Yuventus"dagi birinchi yili qanday o‘tgan bo‘lar edi.


Yarim himoyachilar

Nikolo Zanyolo ("Roma"; 45 million yevro)

Zanyolo Italiyaning asosiy iste’dodlaridan biri hisoblanadi. Ikki yil oldin "Roma" "Inter"ning yosh hujumkor yarim himoyachisini 4,5 million yevroga sotib oldi. Zanyolo endi 55 millionga baholanmoqda. Ammo yaqin kelajakda futbolchining qiymati o‘sadimi yoki yo‘qmi, bu katta savol. Sababi, Nikolo juda ko‘p jarohat orttirib oladi. O‘tgan mavsumda ham Nikolo naq ikki marta jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘lgan. Yoshligidan bunday jarohatlarga moyillik, oxir-oqibat futbolchining karyerasiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Zanyolo 2018 yildan beri "Roma" safida 53 marta maydonga tushib, 10 marta gol urishga erishgan. Futbolchiga mavsum boshlanishidan avval, bir qancha takliflar tushgan edi, lekin "bo‘rilar" jamoasi o‘z futbolchisini tarkibida saqlab qolishni uddaladi.

Kristian Eriksen ("Inter"; 60 million yevro)

2019/20 yilgi mavsum davomida Eriksen "Inter"dan tushgan taklifni hech ikkilanmay qabul qildi. "Tottenxem" o‘z ijrochi futbolchisini qo‘yib yuborishni istamagandi, ammo Kristianning o‘zi jamoasini almashtirishga qaror qildi. Hozircha daniyalikning Milandagi ishlari unchalik yurishmayapti. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida 28 yoshli yarim himoyachi A seriyaning 17 o‘yinida qatnashdi va o‘rtacha maydonda ushbu o‘yinlarning yarim vaqticha harakat qildi. Albatta, bu Antonio Konte va Eriksenning o‘rtasida qandaydir sovuqchilik bor degani emas, ammo italiyalik mutaxasis ko‘p ham Eriksenga ishonch bildiravermaydi. Ushbu mavsumda ham daniyalik futbolchi A seriyada 19 uchrashuvda maydonga tushgan. Bu albatta, 29 yoshli futbolchi uchun yaxshi natija emas. Yaqin kunlardan beri, Eriksen "neradzurrilar" safidan ketishi haqidagi xabarlar OAVda aylanib qoldi. Ehtimol, joriy mavsum yakunlangandan keyin, biz Kristianni boshqa jammoa safida ko‘rarmiz.

Sergey Milinkovich-Savich ("Lasio"; 70 million yevro)

Milinkovich-Savich Luis Alberto va Chiro Immobile bilan birgalikda "Lasio" yetakchilaridan biri. Uchalasi o‘tgan mavsumda 13 yillik tanaffusdan so‘ng "burgutlar"ning Chempionlar Ligasiga qaytishiga juda katta yordam berishgan. Futbolchi o‘tgan mavsumda A seriyada 37 uchrashuvda maydonga tushib, 7 marta gol urishga erishgan edi. Sergeyning ushbu samarali harakatlar futbol skautlarining nazaridan chetda qolishmagan ko‘rinadi. Sababi 26 yoshli serb futbolchisiga mavsum boshlanishidan oldin "Yuventus" va "PSJ" kabi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Parijliklar yarim himoyachi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor edilar. Biroq, "Lasio" futbolchini qo‘yib yuborishni istamadi. Rimda qolish istagi borligini futbolchining o‘zi ham OAV orqali e’lon qildi. Bundan tashqari, uning shartnomasi rimliklar bilan yana 4 yilga mo‘ljallangan. Ammo, ushbu mavsumda ushbu jamoalar yanada jiddiyroq kurashmoqda. Balki, yangi mavsumdan Milinkovich-Savichni boshqa jamoada ko‘rarmiz.


Paulu Dibala ("Yuventus"; 80 mln yevro)

O‘tgan mavsum Paulo uchun yaxshi bo‘ldi. Futbolchi A seriyaning 33 uchrashuvida 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Har yili Dibala boshqa klublarga o‘tishi haqida xabarlar chiqadi, ammo futbolchi doimo ushbu takliflarni rad etib keladi. Chunki, argentinalikning o‘zi faqat "Yuventus"da o‘ynashni xohlashini yashirmaydi. Ammo, 26 yoshli argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasini hali ham uzaytirmaganidan xafa. Futbolchi va Turin jamoasi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yil iyunigacha hisoblanadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Dibala maoshni jiddiy oshirishni talab qilmoqda va "keksa sinyora" futbolchining talablarini qondirishga shoshilmayapti. Tomonlar o‘tgan yili muzokara olib borishgan edi, ammo bundan samara chiqmadi. Ehtimol, "Yuventus" mavsum yakunlangandan so‘ng, argentinalikni sotib yuborishni maqsad qilayotgandir. Kuzatamiz.

Hujumchilar

Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"; 50 million yevro)

"Real"dan "Yuventus"ga o‘tganidan beri Ronaldu 40 million yevroga arzonlashdi. Ammo bu qandaydir tarzda portugaliyaliklarning o‘yiniga ta’sir qildi deb ayta olmaymiz. Chunki, Krishtianu o‘tgan mavsum qanday harakat qilgan bo‘lsa, ushbu mavsum ham bu samaradorlik pastlagani yo‘q. 2019/20 yilgi A seriya musobaqasi doirasida Ronaldu Italiya chempionatining 33 uchrashuvida 31 ta gol urib, Immobiledan keyingi ikkinchi to‘purariga aylandi. 35 yoshli forvard uchun yomon ko‘rsatkich emas. 2020/21 yilgi mavsumda Ronaldu allaqachon 27 uchrashuvda 25ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan. Yoshiga qaramay, Krishtianu hozirda "Yuventus"ning eng yaxshi to‘purari va A seriyaning eng qimmat hujumchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Lautaro Martines ("Inter"; 70 million yevro)

Martines "Inter" safida uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. 2018 yil yozida "Rasing"dan ketganidan so‘ng (25 million evro evaziga), Lautaro rivojlanish nuqtai nazaridan katta qadam tashladi. Hozir 24 yoshli argentinalik futbolchi eng istiqbolli hujumchilardan biri. "Barselona" bir necha yildan buyon Martinesni ovlashga harakat qilmoqda, ammo shu paytgacha uni o‘z safiga qo‘shib olishning imkonini topa olganicha yo‘q. "Inter" tovon puli miqdoriga ishora qilib, Kataloniya klubining umidlarini puchga chiqarmoqda. Ehtimol, Lautaroga hozircha biron bir jamoaga o‘tishi kerak emas, chamamizda. Chunki, boshqa klub "Inter" kabi imkoniyat berishi so‘roq ostida. Martines ushbu mavsumda A seriyada 15ta gol urishga erishgan. Bu hujumchi uchun yaxshi natija hisoblandi.

Romelu Lukaku ("Inter"; 90 million yevro)

Lukaku A seriyaning so‘nggi mavsumining ajoyib topilmalaridan biri bo‘ldi. Angliya Premer ligasida o‘z o‘yinini topa olmagan futbolchi, Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tgandan keyin, haqiqatdanda qobilyatini namoyish eta oldi. "Manchester Yunayted"da yaxshi o‘yinlar ko‘rsata olmagach, "Inter" belgiyalik uchun Angliya klubiga 77 million yevro to‘lagan. Milan shahrida Lukaku nihoyat o‘zini topdi. Birinchi mavsumda 27 yoshli belgiyalik Italiya ichki chempionati doirasida 23 ta gol urdi va Yevropa Ligasi to‘purariga aylandi. Konte Romeludan gol uradigan mashinani yasadi. Joriy mavsumda esa"Inter"ni skudettoni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. A seriyaning ushbu mavsumida 30 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:00, 17.05.2021.
O'qildi: 2146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.