«Roma» bosh murabbiyi Paulo Fonseka faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
Mutaxassis mavsum yakunida rimliklar safini tark etadi, ammo A Seriyada qolishi mumkin. Unga Jennaro Gattuzo bilan ham muzokara o‘tkazayotgan «Fiorentina» klubidan qiziqish bor. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.