Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Baxtiyor Ashurmatov: ""So‘g‘diyona" juda yaxshi shakllangan jamoa"

Baxtiyor Ashurmatov: ""So‘g‘diyona" juda yaxshi shakllangan jamoa"

Baho:
+ | -
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Juda ham murakkab o‘yin bo‘ldi. "So‘g‘diyona" juda yaxshi shakllangan jamoa. Tan olish kerak birinchi taymda raqib bizdan ustunlik qildi va himoyadagi xatolarimizdan foydalanishdi. Tezkor gol urganimizga qaramay ketma-ket uchta gol o‘tkazib yubordik.


Ikkinchi taymda vaziyatlar yaratdik, oxirigacha kurashdik, afsuski futbol shunday beshafqat. Ikkinchi taymdagi o‘yinimiz orqali hech bo‘lmasa durangga loyiq edik. Yigitlarimiz oxirgacha kurashishgani uchun muxlislarimiz ularni olqishlab qo‘yishdi.

Asosiy darvozabonimiz Muzaffar Abdullayev jarohat olganidan keyin har o‘yinda turli darvozabonlar tushmoqda. Birinchi davradan keyin Islomjon Abdullayevni qaytarish imkoniyati bor, yoki Asilbek Amonov yil boshida bizning jamoaga kelishi mumkin edi. Biroq uch darvozabon bilan shartnoma tuzib bo‘lgandik. Yozda balki uning variantini yana ko‘rib chiqarmiz.

Bobur Akbarov zaxiraga olinganidan keyin jahli chiqdi? O‘zim ham futbolchi bo‘lganman, birinchi taymda zaxiraga olinish hech kimga yoqmaydi. Lekin 1:3 hisobida yutqazayotgandik va tavakkal qilishimiz kerak edi. O‘zgarishlar o‘zini oqladi, hujumkorlik ortdi, Abduhamidovning o‘zida ikkita vaziyat bo‘lgandi. Bitta yoqmagan jihat bu raqib futbolchilarining maydonga yotib olishlari bo‘ldi, mayli bu vaziyatga to‘xtalib o‘tishni xohlamayman. Mag‘lub bo‘ldik va ayb o‘zimizda.

Andrey Sidorovning potensiali yuqori, lekin so‘nggi yillarda o‘yinida pasayish bo‘ldi. Uni mana shu "chuqurlik"dan olib chiqib ketsak juda yaxshi o‘yinlar namoyish etishi aniq.

FIFA kunlari munosabati bilan taxminan 1 oylik tanaffus bo‘ladi. Bundan unumli foydalanishimiz kerak. Rejalarimizda "Turon" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bor. Keyingi rejalar tasdiqlangach bu borada alohida xabar beramiz", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Kiritildi: 22:11, 18.05.2021.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик