Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Shuhrat Maqsudov: «Bugungi durang biz uchun mag‘lubiyatga teng bo‘ldi»

Shuhrat Maqsudov: «Bugungi durang biz uchun mag‘lubiyatga teng bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Bunyodkor" — "Navbahor" (0:0) o‘yinidan keyin tashkil etiladigan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Avvalgi turdagi alamli mag‘lubiyatdan keyin, futbolchilarning ruhiy holatini yaxshilashga harakat qildik. O‘ylashimcha, bugun futbolchilarimiz mazmunli o‘yin ko‘rsatishdi. Bugun omadimiz kelmadi. Shogirdlarimga bugungi o‘yin uchun katta rahmat aytaman. Ular kiyinish xonasida tushkunlikka tushib qolishdi, ularning ruhiyatini ko‘tarishga harakat qildik. Bugungi kunda kim kuchli bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Mirjahon Marahmadovning o‘yinidan mamnunman, shuning uchun unga ishonch bildirdim. Bu boshqa futbolchilarga ishonmayman deganim emas, vaqti kelib, hammaga imkoniyat beriladi, — deydi Shuhrat Maqsudov.

— Jamoangiz feyr-pleyga amal qilmayapti, bu sizning ko‘rsatmangizmi yoki futbolchilarning o‘zlari shuni xohlashyaptimi?
— Menimcha, bugungi kunda feyr-pleyga eng ko‘p amal qiladigan jamoa "Bunyodkor" bo‘ladi. Bitta o‘sha birinchi bo‘limda Farrux Ikromov o‘yinni to‘xtatmaganini inobatga olsak, boshqa bunday holat kuzatilmadi.

— Yaxshigina homiyga ega bo‘lganimizda transfer oynasi yopilgandi. Birinchi davrani yakunlab olsak, tarkibga yaxshi futbolchilarni olish niyatimiz bor. Shu jumladan, yoshlar jamoasidan ham.

— "Navbahor"ni "Neftchi"da ishlab yurgan paytimdan juda hurmat qilaman. Namanganda futbolni juda sevishadi. "Bunyodkor" har bir o‘yinga raqibni hurmat qilgan holda chiqadi. Jumladan, "Navbahor"ni ham. Lekin bugungi durang biz uchun mag‘lubiyatga teng bo‘ldi, — deya fikrlarini yakunladi Shuhrat Maqsudov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:15, 18.05.2021.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.