Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Mirjalol Qosimov: «45 kun ichida 12 o‘yinda qatnashish – og‘ir»

Mirjalol Qosimov: «45 kun ichida 12 o‘yinda qatnashish – og‘ir»

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Mash’al" – AGMK uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.

— O‘yin haqida.
— O‘zi "Bunyodkor" bilan o‘yindan oldin xavotirda edik. Hozir aniq bilmayman-u, 45 kun ichida 12 o‘yinda qatnashish – og‘ir. Xohlaymizmi-xohlamaymizmi inson organizmi charchaydi. O‘tgan o‘yindagi chetlatishdan keyin bir kishi kam o‘ynab, katta kuch yo‘qotgan edik. Qolaversa, 17:30 da o‘ynash qiyin. Bu bahona emas, bahonani yomon ko‘raman. Bugun ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda "Mash’al" o‘yinchisining mahorati oldida Botirali Ergashev ojiz qoldi. Goldan keyin juda ko‘p shoshildik va ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda yigitlar faol harakat qilishdi va bitta gol urishga erishdik. Natijani qisqartirdik, lekin bu 3 ochko taqdim etmaydi. Muborak klubini g‘alaba bilan tabriklaymiz!  Endilikda tanaffusga chiqamiz, milliy terma jamoamizga Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan muhim o‘yinlarda omad tilaymiz!

— Bu tur o‘yinini tik turgan holda asabiy tarzda o‘tkazdingiz. Umuman, jamoangiz "Mash’al"ni mag‘lub etishga ishonganmidingiz yoki futbolchilar ko‘rsatmalaringizni oxirigacha bajara olishmadimi?
— O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoa nima bo‘lgan taqdirda ham ochko yo‘qotishi kerak emas. Qolaversa, uzoq yo‘l bosib kelgan 1 ta muxlis bo‘lsa, o‘sha muxlis uchun harakat qilishimiz zarurligini futbolchilardan talab qilaman. Bugun yutqazib qo‘ydik, lekin tanaffusda bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishimiz kerak.

— Mirjamol Qosimov almashtirildi, uning holati qanday?
— To‘g‘risini aytsam, hali anig‘ini bilmayman. Shifokorlar endi ma’lumot berishadi.

— Shohruh Gadoyev "Nasaf"dan ketganidan keyin chet el klublarida, keyin "Bunyodkor"da o‘ynadi, hozir esa AGMKda. Uning faoliyati haqida fikr bildirsangiz. Umuman olganda, u qaysi jihatlari orqali asosiy tarkibga munosib deb o‘ylaysiz?
— Nafaqat Gadoyev, qo‘l ostimdagi 23 o‘yinchi o‘yinlarda ishtirok etadi, hech kimga boshlang‘ich tarkibdan joy kafolatlanmagan. Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushishi va jamoa uchun jon kuydirishi lozim.

— Elvin Fortesning asosiy tarkibda tushirilmagani charchoq bilan bog‘liqmi?
— Yo‘q, men ko‘pincha rotasiyaga qo‘l uraman va har bir futbolchiga imkoniyat beraman.

— Ertangi bahs "Nasaf" uchun qanday o‘tadi deb o‘ylaysiz?
— O‘yinlarini ko‘rganim yo‘q. Natijani internet orqali kuzatib boryapman. Ikkita o‘yinda g‘alaba qozonishdi. O‘ylaymanki, uchinchi o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga chiqishadi. Omad tilaymiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:48, 19.05.2021.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.