Premyer-ligadagi joriy mavsum mehmon jamoalarning ustunligi bilan yakunlanadi. Angliyadagi barcha professional klublar tarixida birinchi marta mehmon jamoalar mezbonlarga qaraganda ko‘proq g‘alaba qozonishdi.
Mavsum yakuniga yetishiga yaqin ko‘rsatkichlar quyidagicha - 150: 137 mehmonlar jamoalari foydasiga.
E’tiborlisi, 2020/2021 yilgi mavsumning deyarli barcha uchrashuvlari tomoshabinlarsiz o‘tkazildi. Mavsum o‘rtalarida bir nechta o‘yinlarga muxlislar stadionga kirishiga ruxsat berildidi. Bu 37-turga qadar davom etdi.