Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

UYEFA homiysi «Chelsi»ning finaldagi libosiga sha’ma qildi

UYEFA homiysi «Chelsi»ning finaldagi libosiga sha’ma qildi

Baho:
+-1 | -

UYEFA chempionlar ligasi rasmiy homiysi — Gazprom kompaniyasi, ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifasida givavey (ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar sonini ko‘paytirish) uchun maxsus post joyladi. Unda har ikkala ingliz klubining final uchun tanlagan liboslari aks ettirilgan. Qizig‘i, «Chelsi» uchun tanlangan libos — bu jamoaning uchinchi raqamli formasi.



Bu bilan UYEFA homiysi londonliklar finalda unchalik ham mashhur bo‘lmagan libosida maydonga tushishiga ishora qilmoqda. Ushbu futbolka, klub muxlislari va futbol ixlosmandlari tomonidan tanqid qilingan. Gap shundaki, bu libos ranglari jihatdan, yana bir London klubi "Kristal Pelas"nikiga juda o‘xshab ketadi.

«Ko‘klar» ilk marta o‘zining uchinchi raqamli libosida sentyabr oyida, «Vest Bromvich»ga qarshi bahsda ko‘rinish berishgan edi. O‘yinda yakuniy hisob durang — 3-3 bilan tugagan. O‘shanda, londonliklar o‘yini muxlislarda norozlilik uyg‘otib, nafaqat forma bilan, balki maydondagi harakati bilan ham futbolchilar o‘yini «Pelas»ga qiyoslangandi.

Dekabr oyida futbol klublari formalarini taqdim qilib boruvchi internet nashri – footyHeadlines.com global so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda «Chelsi»ning aynan uchinchi raqamli libosi eng yomon ko‘rsatkichga ega bo‘lgan edi. Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlangan forma, 22% ovoz bilan "eng yoqimsiz" deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarni «Vulverhempton» va "Vest Bromvich" klublari egallashgan.



O‘z tarixida uchinchi marta finalga chiqayotgan «Chelsi» ancha mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Chempionlar ligasi yarim final bahslarida eng kuchli raqib — «Real»dan o‘tib yetib kelishdi. Klub finalda yoqimsiz bo‘lgan libos kiyishi fanatlarga yoqmasligi tabiiy. Raqib "Manchester Siti" o‘zining moviyrang doimiy futbolkalarida maydonga tushishi esa qarshi tomon muxlislari noroziligini yanada oshiradi.

Ma’lumot uchun, Portugaliyada tashkillashtirilayotgan final bahsi «Chelsi»ning «shaharliklar» bilan bir oyda uchinchi marotaba to‘qnash kelishi bo‘ladi. Oldingi ikki o‘yin londonliklar g‘alabasi bilan tugagan.

Jaloliddin ISMATOV

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:02, 22.05.2021.
O'qildi: 9156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик