«Lion» bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoani tark etadi.
57 yoshli mutaxassis Fransiya chempionatining so‘nggi turidan o‘rin olgan «Nissa»ga (2:3) qarshi bahsdan so‘ng ketishini e’lon qildi.
«Juda xafamiz. Shunchaki dahshatli ssenariy. Bu – «Lion»dagi so‘nggi o‘yinim. Jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqishni xohlagandim. Sarguzasht o‘z yakuniga yetdi», – deydi murabbiy.
«Lion» 4-o‘rinni egalladi va YECHLga chiqa olmadi. Jamoa kelasi mavsumda Yevropa Ligasida qatnashadi.
Rudi Garsiya «Lion»ni 2019 yildan beri boshqarayotgandi. Klub uning qo‘l ostida 2019/20 yilgi mavsumda YECHL yarimfinaligacha yetib bordi.