Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Otabek Shukurov: «Biz o‘zbekmiz, arablardan ko‘ra chidamliroqmiz»

Otabek Shukurov: «Biz o‘zbekmiz, arablardan ko‘ra chidamliroqmiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning «Sharja» klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Terma jamoa yig‘inini boshlab oldik, bizni juda muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Shu o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonini tog‘da boshladik, asosan jismoniy holatni yaxshilashga e’tibor qaratilyapti. Chunki Saudiya Arabistonida iyun oyida havo juda issiq bo‘ladi, mana shu mashg‘ulotlar bizga asqatadi degan umiddaman. Kerakli o‘yinlarda g‘alaba qozonib, muxlislarning ishonchiga erishib, keyingi bosqichga chiqish uchun hamma birgalikda tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Hamma tushunib turibdi, Saudiyada iyun oyida juda issiq bo‘lishini, lekin biz o‘zbekmiz. Arablar ichida 3-4 yildan beri o‘ynab, ularni ruhiy tomondan yaxshi bilaman. Ishontirib aytamanki, ularga qaraganda biz chidamliroqmiz, ularga nisbatan mehnatkashroqmiz. Shuning hisobiga g‘alaba qozonishimizga ishonyapman", — dedi Otabek Shukurov.

Shuningdek, Shukurov BAA klubidagi kelajagi haqida ham gapirdi. Yarim himoyachi hali «Sharja» bilan yana bir yillik shartnomasi borligini va hamma narsa yozda aniq bo‘lishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi delegasiyasi 28 may kuni BAAga jo‘nab ketadi va 29 may kuni Dubay shahrida Avstraliya terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Shundan keyin Vadim Abramov shogirdlari Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.

Markazlashtirilgan tizimda o‘tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoni (15 iyun) bilan bahs olib boradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:11, 24.05.2021.
O'qildi: 6531 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.