Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Pro liga vakili "Buxoro" murabbiylar shtabida navbatdagi o‘zgarish

Pro liga vakili "Buxoro" murabbiylar shtabida navbatdagi o‘zgarish

Baho:
+ | -

Pro ligadan Superligaga chiqishni maqsad qilgan «Buxoro» klubi murabbiylar shtabida navbatdagi o‘zgarishlar yuz berdi.

24 may, dushanba kuni «Buxoro» klubi rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazib, jamoani boshqarib kelayotgan Anvar Berdiyev va Sergey Lebedov singari mutaxassislarni iste’foga chiqargan. «Buxoro» klubining o‘tgan haftada Pro ligadagi asosiy raqobatchisi «Dinamo»ga mag‘lub (1:3) bo‘lishi murabbiylar iste’fosiga sabab bo‘lgan. Hozircha jamoani Suhrob Qobilov boshqarib borishi kutilmoqda.

 

Anvar Berdiyev va Sergey Lebedov mart oyida Farg‘onaning «Istiqlol» klubini tark etib, «Buxoro» bosh murabbiyi Davron Fayziyevga yordamchi sifatida ish boshlagan edi. May oyi boshida Fayziyev iste’foga chiqarilgach, Berdiyev bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlayotgandi. Biroq oradan uch hafta o‘tib Berdiyev – Lebedov tandemiga ham chiqish eshiklari ko‘rsatilgan.

Avvalroq, 15 may kuni «Buxoro» klubi bosh direktori etib Usmon Toshev tayinlangani, buxorolik taniqli mutaxassis Tojikiston milliy jamoasidagi faoliyatidan keyin ikkinchi davra oldidan klubda faoliyat boshlashi haqida ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, «Buxoro» Pro liga 8-turidan keyin 13 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 15:45, 25.05.2021.
O'qildi: 2261 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.