Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Boks. Ikkinchi kunda 6 g‘alaba va ikki mag‘lubiyat

Boks. Ikkinchi kunda 6 g‘alaba va ikki mag‘lubiyat

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kunida bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarildi.

-49 kg vazn toifasida harakat qiladigan Nodirjon Mirzaahmedov musobaqadagi dastlabki jangini Iroq vakili Musa Jaffar Hoshimga qarshi o‘tkazdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

-56 kg vazn toifasining birinchi raqamli bokschisi Mirazizbek Mirzaxalilov hindistonlik Muhammad Hussamga qarshi jang qildi va 5:0 hisobi bilan zafar quchdi.

-64 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov musobaqadagi dastlabki jangini afg‘onistonlik Sulton Muhammadga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

-91 kg vaznda harakat qilayotgan Sanjar Tursunov ham Afg‘oniston vakili Abdulqodirga qarshi jang qildi. Unda o‘zbekistonlik bokschi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi — 5:0.

Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasining to‘rt vakili ham dastlabki janglarda ishtirok etdi. Gulasal Sultonaliyeva va Sitora Turdibekova g‘alaba qozongan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Tajribali bokschilar Tursunoy Rahimova va Rayhona Qodirova kutilmagandan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashdi.

Avvalroq Mirazizbek Mirzaxalilov va Nodirjon Mirzaahmedov musobaqadagi dastlabki janglarini g‘alaba bilan yakunlagani xabar qilingandi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:43, 26.05.2021.
O'qildi: 4854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик