Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

“Toshkent: besh tashabbus harakati-2021” yoshlar forumi doirasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

“Toshkent: besh tashabbus harakati-2021” yoshlar forumi doirasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, yosh avlodda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborni oshirish maqsadida joriy yilning 21-25-may kunlari “Toshkent: besh tashabbus harakati-2021” yoshlar forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida mini-futbol musobaqasi ham tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport Vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamkorligida o‘tkazilgan mini-futbol musobaqasida 32 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqa umumiy hisobda 300 nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi va qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechdi.

Poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, “Hyatt Regency” mehmonxonasi hamda Yoshlar ijod saroyi oralig‘ida barpo etilgan shaharcha maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra Olmazor tuman Quyosh mahallasi yoshlaridan iborat “Yuventus” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib jamoa bilan o‘zbek futboli afsonalari o‘rtasida ko‘rgazmali uchrashuv ham tashkil etildi. Unda Ravshan Ermatov, Zayniddin Tojiyev, Anvar G‘ofurov, Server Jeparov, Ignatiy Nesterov, Marat Bikmayev hamda Aziz Ibragimov ishtirok etib, yosh havaskor futbolchilarga olam-olam quvonch ulashishdi.

 

Manba: UzPFL
Kiritildi: 11:56, 26.05.2021.
O'qildi: 3319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик