Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Tottenxem»ni tanazzuldan kim olib chiqishi mumkin?

«Tottenxem»ni tanazzuldan kim olib chiqishi mumkin?

Baho:
+ | -

London klubining kelajagi savol ostida.

«Tottenxem»ning so‘nggi uchrashuvida futbolchilar o‘zlarining o‘yinlari uchun muxlislardan qarsaklarini qabul qilish uchun maydonga qaytishganda, stadionda bir necha yuz kishi qoldi. Ularning ko‘plari uchrashuvni deyarli ko‘rmadilar butun o‘yin davomida ular Daniyel Levining iste’fosini so‘rab bor ovozlari bilan shuni talab qilishdi va chiptalar narxi qimmatligi uchun ham e’tirozlar bildirishdi.

Bu oqshom Premyer-liga muxlislari va futbolchilarini bir yerga birlashtirishi kerak edi, ammo buning aksi yuz berdi. Klub toboro tanazzul tomon qadam qo‘ymoqda, kelajak haqida o‘ylash qo‘rqinchli.

Harri Keyn – «Tottenxem»ning zamonaviy davrining eng yaxshi futbolchisi jamoadan ketmoqchi. Uning Chempionlar Ligasini yutish orzusi yana sarobga aylanib qolyapti. Muxlislar rahbariyatga bo‘lgan ishonchni allaqachon yo‘qotishgan. Daniyel Levi jamoaga qanday murabbiyni olib kelsa vaziyatni o‘nglash mumkinligi haqida bosh qotirmoqda va hali beri o‘ylashda davom etsa ham kerak.

Asosiy da’vogarlar Erik ten Xag, Ralf Rangnik, Roberto Martines va Grem Potter bo‘lib qolmoqda. To‘rt mavsum davomida yildan yilga yomonlashib borayotgan ushbu jamoani qaysi murabbiy boshqarishga jazm etishi ham hamma uchun qiziq. Axir murabbiylar o‘zlaring nomini ham o‘ylab ish qilishlari kerak.

To‘rt yil u yoqda tursin, bir yil oldingi vaziyatni qanday bo‘lganini eslash ham qiyin. «Tottenxem» so‘nggi yillarda hech qanday kuchi, g‘oyasi, ijodi va nazorati bo‘lmagan Mourinyoning odatiy jamoasiga aylandi. Ushbu charchagan tarkibni qabul qilib olgan Rayan Meyson qiyin ahvolga tushib qoldi va uning bo‘yniga hech qanaqa aybi yuklab bo‘lmaydi.

Nega u Tanguy Ndombelega bunchalik ishonmadi, nega bunday g‘alati o‘zgarishlar qildi ? Ammo Meysonni ham bir jihatdan tushinsak bo‘ladi. Jamoada Pochettino ishlagan vaqtlari barcha futbolchilarning jismoniy holati deyarli bir xilda optimal darajada bo‘lgan. Mourinyoning kelishi bilan ularning barcha ko‘rsatkichlari pasayib ketdi. Bu fitness murabbiylar o‘zgarganda ham sodir bo‘ladigan jarayon.

Meyson «fitnes bilan hamma narsa yaxshi» deb ta’kidlagan bo‘lsa ham maydondagi kartina hammasini aytib turibdi. «Lids» ham, «Aston Villa» ham ulardan kuchliroq edi.

Siz Levini ayblashingiz mumkin, siz portugaliyalik mutaxassisni yoki hatto mavsumni yakunlagan tajribasiz murabbiyni ham ayblashingiz mumkin. Ammo sabablarni izlagandan ko‘ra vaziyatga real qarab yechim izlagan yaxshiroq. Har doimgidek, yangi murabbiy hamma narsani hal qiladi. Xo‘sh, u kim bo‘lishi kerak?

Qog‘ozda belgilangan vazifa oson emas, lekin ijobiy taraf ham bor. Masalan, Levi jamoga kerakli murabbiyning fazilatlarini biladi. Har bir uchrashuvda u yana «yorqin hujumkor futbolga qaytish» va yana yoshlarga etibor berish istagini bildirmoqda. Bu shuni ko‘rsatadiki, u anti-Mourinyoni topishga umid qilmoqda.

Ushbu rejalarni bilgan har bir kishi darhol o‘ylaydi: «nima uchun Pochettinoni ishdan bo‘shatdingiz?» Rostdan ham «shporlar»ning vazifasi argentinalikka o‘xshagan murabbiyni topish ekan. Ammo u yagona edi, hozir u boshqa klubda.

«Tottenxem»ning kuchli to‘rtlikka qaytish yo‘lida katta nom ostidagi murabbiyni olib kelgani foyda bermadi.

Jamoasiz qolgan Xansi Flik juda ajoyib nomzod bo‘lib tuyuldi. «Tottenxem» u bilan hatto muzokara olib bordi. Kim jozibali hujumkor futbol haqida ko‘p narsalarni biladi,albatta,Flik. Uning boshchiligida «Bavariya» Chempionlar Ligasi va ikkita Bundesligada g‘olib chiqdi, ammo u allaqachon milliy terma jamoani boshqarish uchun taklif etildi.

Uni ro‘yxatdan o‘chirib tashlaymiz. Yana kimlar bor? Brendan Rojers, «Lester» bilan Angliya kubogi g‘olibi. Ammo u darhol bu ish uni qiziqtirmasligini aytdi. Keyingi nomzod kim? Ten Hag. «Ayaks» bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Ten Xag ham Leviga bularning barchasiga qiziqmasligini aniq ko‘rsatib berdi.

Biroq, niderland bilan doston tugadi, deb o‘ylamaslik kerak. Hozir u jamoa uchun asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda, ammo Amsterdamdagi manbalar uning jamoadan ketishga hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidlashmoqda.

Ragnik afsonaga taqqoslagan nemis murabbiyi, o‘tgan to‘qqiz yil davomida «Red Bull» futbol jamoalarini tizimini yo‘lga qo‘ygan inson. Bu juda katta obro‘ga ega mutaxassis va u agressiv futbolni juda yaxshi ko‘radi. Biroq, u hech qachon Angliyada ishlamagan.

Yuqoridagi tahlillarga qaraydigan bo‘lsak, eng ma’qul aniq variant Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Martines bo‘lib qolmoqda. Biz uni yaqinlashib kelayotgan Yevro-2020 musobaqasida ko‘ramiz va u Angliyada «Uigan» va «Everton» bilan katta tajribaga ega.

Garchi uning ishlari juda yorqin bo‘lmasa ham. Ammo u Pochettino tanlagan futbol uslubini yaxshi ko‘radi va katta yulduzlar bilan ishlash tajribasiga ega. U juda katta nom emas. Muxlislar bu tanlovdan mamnun bo‘lishlari aniq.

Ushu qatorda eng so‘nggida Grem Potterni ko‘rsatib o‘tamiz. Murabbiy shubhasiz iste’dodli. «Brayton» dagi ikki mavsumda u jamoaning o‘yin uslubini butunlay o‘zgartirdi, shu tufayli kamtarona klub Premyer-ligada jon saqlab qolmoqda. Lekin unda katta klublar bilan ishlash tajribasi yo‘q.

Xulosa chiqarishga hali erta. Ammo bitta narsa aniq: bu yoz Levi uchun oson bo‘lmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:29, 26.05.2021.
O'qildi: 3027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.