Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 0-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Yevropa ligasi. Final: Sulsher Emeriga qarshi

Yevropa ligasi. Final: Sulsher Emeriga qarshi

Baho:
+ | -

Bu safar Yevropa Ligasining finaliga yetib kelgan klublar jahon futbolida ikki boshqa-boshqa darajaga ega bo‘lgan, keskin farqli jamoalar. Tarixiy jihatdan bu farq o‘tgan mavsum finalchilari o‘rtasidagi farqdanda yirik. Ammo aynan o‘tgan yili, tarix va tarkib e’tibori bilan kuchli deya baholangan “Inter” emas, bu “musobaqaning egasi” deya tariflangan “Sevilya” sovrinni qo‘lga kiritgan. Vaziyat o‘xshash. "Manchester Yunayted" dunyoda eng ko‘p muxlislarga ega futbol klublaridan biri. “Vilyarreal” esa eng kamida bunday sifat bilan maqtanolmaydigan jamoa. Ammo bu yerdagi murabbiy “musobaqaning sohibi” deya malakalanadi. O‘ylashimcha, bugun murabbiylar bahsini kuzatamiz.

Sulsher. Bugungi MYUning eng kuchli chizig‘i qaysi? Darhol javob berish qiyin bo‘lgan savol menimcha. Murabbiy yarimhimoyadagi balansni topolgani, hujumda Marsyal va Reshfordning beqarorligi bois yuzaga kelgan muammolarni yecholgani, darvozada De Xeya-Xenderson raqobatini yuzaga keltirolgani, himoyada Maguayrning yetakchi bo‘lishiga sharoit yaratib bergani uchun maqtalishi lozim. Albatta, masalaga boshqa tomondan kelsak, yuqoridagi jarayonlarni Fernandeshning mukammalligi, Kavanining mehnati, Xendersonning ishtiyoqi, Maguayrning xarizmasi bilan izohlash mumkin. Biroq menimcha, bularning barchasi bir vaqtda o‘rtaga chiqayotgani murabbiyning xizmatidandir. Tabiiyki, “Manchester Yunayted”ning kamchiliklari bor. Sulsher yakuniga yetgan APL mavsumida top klublarga qarshi ehtiyot bo‘lib o‘ynadi. Shuning uchun bunday uchrashuvlarda nollar ko‘p. Boshqa tomondan, agar reja buzilib ketsa raqamlar ortib ketadi va bu MYU foydasiga bo‘lmasligi mumkin (“Tottenhem” va 1:6’ga ishora). Shu bois norvegiyalik murabbiy bugun garchi final va o‘sha top-klublarga qarshi o‘yindek zalvorli bahs bo‘lsada birinchi raqam bo‘lib o‘ynashga intiladi. Qo‘shimchasiga bu bir o‘yinlik hayot-mamot masalasi.

Emeri. O‘ta aqlli murabbiy. Raqibga qarab o‘yin tuza biladi. Natijaga o‘yin qurishi mumkin. Jamoasi favqulotda holatda intensiv ishlashi mumkin bo‘lgan hujum chizig‘iga ega. Dani Parexo, Moi Gomes, Jerar Moreno, Pako Alkaser, Samu Chukveze va Karlos Bakka. Hozir ko‘pchilik u yana ushbu musobaqa finaliga chiqqani, bundan avval “Sevilya” bilan 3 marotaba, “Arsenal” bilan bir marotaba ham bu ishni qilganini eslayapti-yu, lekin aslida bu mavsum La Liga “Vilyarreal” uchun omadsiz yakunlanganini unutyapti. Klub o‘tgan safar ishonchli tarzda 5-o‘rinni egallagan. Bu safar 7-o‘rin. Shu bois, Emeri bu safar “Arsenal”dagi kabi finalga chiqibgina maqtovlarga qolishi qiyin. U g‘olib bo‘lishi lozim.

Bir so‘z bilan aytganda – har ikki jamoa maksimal e’tibor bilan finalga yetib kelyapti. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.

UzReport TVda birga ko‘ramiz!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 19:15, 26.05.2021.
O'qildi: 3086 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.