Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Tarixiy final»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Tarixiy final»

Baho:
+ | -

Polshadagi final tarixga ko‘p voqealari bilan kiradi. Maydonda harakat qilgan barcha futbolchining penaltilar seriyasida qatnashgani bilan ayniqsa. Oxirida darvozabonlardan biri xatoga yo‘l qo‘yishi bilan. Ha, bu shunaqa o‘yin. Belgilangan vaqtda yenga olmadingmi, asablar sinovi qarshi oladi.

"MYU"ga lotereyada qiyinroq bo‘ldi. Chunki birinchi tepgan jamoada ruhiyat nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. U gol ursa, ikkinchi tepguvchi klub vakiliga og‘ir. Mas’uliyatning o‘zi yeb qo‘yadi. Statistika bo‘yicha birinchi tepganlar ko‘proq yengishgan. Bu safar ham shunday bo‘ldi.

Penaltilar seriyasiga borgunga qadar ham shunday bo‘ldi-da o‘zi. O‘yindagi golni ham "Vilyarreal" urdi. Moreno hisobiga yozilgan gol standart vaziyat natijasi.

"Yunayted"ning goli ham shunga o‘xshash. Jamoalar o‘ta o‘xshash va teng saviyali ekani ma’lum bo‘ldi. Ikkisi bir-birining himoyasida muammolar borligi uchun hujumga berilishga intildi, shu intilish asnosida o‘z himoyasi muammosini eslab qolaverdi.

Sulsher 22 yil oldin xuddi shu sanada "Bavariya"ni qon qaqshatgandi. Ha, u payti Ole emas, Ser g‘alaba qozonganini bugun yana tushundik. Milliy chempionatlardagi kambeklar bu davraviy tizimdagi bosimsiz jarayon. Ammo mana bunaqa finallarda murabbiyning jasorati qutqarib qoladi odatda. Norvegiyalik murabbiy ikkinchi bo‘lim oxirida ham, to‘rtinchi bo‘lim oxirida ham qo‘rqdi. Jamoasi hisob ushlash uchun o‘ynagisi kelmasa-da, undan hujumkorlikka yordam bo‘lmadi. 22 yil oldin esa, Fergyuson ikki hujumchini bir paytda tashlagan. Balki tavakkaldir, balki reja asosida, ammo shu ishi bilan o‘sha kungi nursiz o‘yini bilan-da g‘alabaga haqli bo‘lib ko‘ringan.

Sulsherning bugungi tanlagan yo‘li na sovuq, na issiq, qandaydir ili-miliq yo‘lga o‘xshaydi. Unai Emerining har bir harakati g‘alaba uchun qaratilgan. Bilinib turdi. U ispaniyalik mutaxassisdan qo‘rqdi ko‘proq. O‘tgan yili Lopetegidan cho‘chigani kabi. "MYU" futbolchilariga oxir-oqibat murabbiyning qo‘rquvi o‘tgandek bo‘ldi. O‘nta to‘g‘ri tepilgan penaltida bo‘lmasa-da, oxirgi zarbani yo‘llovchi De Xeyada baribir o‘z aksini berdi. Birinchi bo‘limda "MYU" gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, eng yaxshi bo‘limini o‘tkazdi. Xavfli vaziyatlar bilan emas, nazorat bilan. Tizgin o‘yin tugashi sari raqibga berib borilaverdi. Bunaqa "MYU"ni APLda uchratmagandik. Bu safar negadir shunday jamoa gavdalandi.

Men hech kimni ayblamoqchi emasman. Neytral muxlis sifatida aytaman, xolos — g‘alabaga xarisroq va final qadrini ko‘proq his qilgan jamoa kubok egasi bo‘ldi. Bu kubok "Vilyarreal" uchun birinchisi. Unai Emeri uchun to‘rtinchisi. Ikkinchi jamoada ham qo‘lga kirita oldi. Demak, u “Sevilya”dagina choy qaynatadigan jin” emas. “Arsenal” bilan finalda yengilgani boshqa jihatlar bilan izohlanadi.

Sulsher birinchi finalini boy berdi. Tajriba orttirar balki, lekin tarkib jihatidan aniq kuchli bo‘la turib yutqazishga, aniqrog‘i, 120 daqiqa davomida yenga olmaslikka oqlov shart emas. Uyat bo‘ladi. Lekin uning APLdagi kamida oxirgi 30 o‘yini uchun rahmat. Zo‘r ishlar qildi. Oxirida "MYU" bilan finalda yutqazdi. Bir paytlari uni to‘qsoninchi daqiqada maydonga g‘alaba uchun tashlagan mo‘ysafid ustozining qarshisida yutqazdi. Mana shu azob uning sochida oqlarni yana ko‘paytirsa kerak.

"Vilyarreal"ni tabriklaymiz, u Ispaniyaning YECHLda qatnashuvchi beshinchi jamoasiga aylandi. Qur’ada birinchi setkadan o‘rin oladi. Unai Emeri Angliyaga borib to‘kkan obro‘sini Angliya jamoalarini yengib tikladi. "MYU" ispan klublari finalga chiqsa, yarim finalni boy berib qo‘yavergani ma’qul. Ispaniya tuprog‘ida nemisni yutishi mumkindir, ammo ispanlarga kuchi yetmas ekan. Bu masalada Ole tugul, uning ustozi ham ojizlik qilgan. Xullas, shunaqa tarixiy finalni kuzatdik va rohatlandik. Hammasi uchun rahmat!

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 06:00, 27.05.2021.
O'qildi: 6327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.