Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Finish: Premyer-ligada mavsum sarhisobi

Finish: Premyer-ligada mavsum sarhisobi

Baho:
+ | -

Premyer-ligada 2020/21 yilgi mavsum rasman yakunlandi. Angliyada chempionlik masalasi o‘rganib qolganimizdek oxiriga yetib bormasdan aniq bo‘ldi. Shu bilan birga, Premyer-liganing ushbu mavsumini qiziq bo‘lmadi, deb aytish ham mumkin emas. Premyer-ligada har doim keskin kurashlar bo‘lgan, agar chempionlik uchun bo‘lmasa, demak, yevrokuboklarda qatnashish uchun. Umuman olganda, chempionatning yakunlangan mavsumida juda ko‘p qiziqarli vaziyatlar bo‘ldi.

Chempion: «Manchester Siti».

Chempionlar Ligasi: «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Chelsi».

Yevropa Ligasi: «Lester», «Vest Xem».

Konferensiya ligasi: «Tottenxem».

Quyi liga: «Fulxem», «Vest Bromvich», «Sheffild Yunayted».

Mavsumning eng yaxshi to‘purari

Harri Keyn APLning mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi. «Tottenxem» forvardi 23 ta gol urdi. «Liverpul» vingeri Muhammad Saloh atigi 1 gol ortda qoldi. Kuchli uchlikni «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh yakunladi (18 gol). Shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Keyn mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi, garchi «shporlar» muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatishgan bo‘lsa-da.

Keyn o‘tgan mavsumga nisbatan jiddiy ravishda o‘yinga qo‘sha oldi. 2019/20 yilgi mavsumda Premer-liganing eng yaxshi to‘purari «Lester» hujumchisi Jeymi Vardi edi. Shu bilan birga, «shporlar» yetakchisi o‘tgan mavsumda to‘purarlar poygasida atigi 6 o‘rinni egallagandi. Keyn uchun bu 23 gol chegara emas. Masalan, 2017/18 yilgi mavsumda milliy chempionatda 30 ta gol urgandi. Hozircha bu «Tottenxem» hujumchisi faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Mavsumning eng yaxshi assistenti

Ushbi ro‘yxatda ham Keyn birinchi o‘rinda. «Shporlar» yetakchisi hech qachon uzatmalarda yaxshi natija ko‘rsatmagandi, ammo o‘tgan mavsumda u o‘zini ham hayratga solgan bo‘lishi mumkin. 2020/21 yilda Keyn Premyer-ligada 14 golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning avvalgi 3 mavsumdagi barcha uzatmalarini qo‘shib hisoblaganda ham yaxshiroq.

Assistentlar poygasida eng yaxshi hisoblanib kelinadigan Kevin De Bryuyneni ortda qoldirgani e’tiborga arzirli. «Manchester Siti» yarim himoyachisi 12 golli pas berdi. Bruno Fernandeshda ham shuncha golli uzatma bor. 2019/20 yilgi mavsumda De Bryuyne APLda 20 golli uzatma bilan hammadan yaqqol ustun kelgandi.

Mavsumning eng yaxshi transferi

«Manchester Siti» mavsumni «Vulverxempton» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) bilan boshladi. Keyin «shaharliklar» yanada uyushqoqroq «Lester»ga dahshatli tarzda yutqazishdi - 2:5. Ikki kundan so‘ng inglizlar himoyachi Ruben Diash transferini amalga oshirdilar, buning uchun ular «Benfika»ga 68 million yevro to‘lashdi. Qimmat, ammo transfer o‘zini to‘liq oqladi. Portugaliyalik darhol «Etihad»da asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi.

U kelganidan keyin «Manchester Siti» APLning ketma-ket beshta o‘yinida yutqazmadi. Umuman olganda, «shaharliklar» butun mavsum davomida milliy chempionatda atigi 6 mag‘lubiyatga uchradi.

Portugaliyaliklar uchun Premyer-liga o‘zlarining chempionatidek bo‘lib qolganini ko‘rsatmoqda. Birinchidan, Fernandes darhol «Manchester Yunayted» yetakchisiga aylandi, so‘ngra Diash adaptasiya tushunchasini bekor qildi. 2020 yil noyabr oyida «Tottenxem» ga yutqazgandan so‘ng, «shaharliklar» Premyer-ligada 19 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyaga erishdi. Bundan tashqari, ushbu o‘yinlarning hech birida Xosep Gvardiola jamoasi bittadan ortiq gol o‘tkazib yubormagan. Bunda ham Diashning xizmatlari katta.

Mavsumning eng yomon transferi

O‘tgan yozda «Chelsi» tarkibni kuchaytirish uchun 200 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. «Ko‘klar»ning barcha transferlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi, hech bo‘lmaganda hozircha. Ushbu ro‘yxatga Timo Vernerni qo‘shish mumkin. Uni, ehtimol, Premyer-liganing so‘nggi mavsumidagi asosiy futbolchisi bo‘lishi kutilgandi. Yangi klubga va yangi chempionatga moslashish hamma uchun ham oson kechmaydi, bu tushunarli. Ammo nemis futbolchisining o‘zi hali ham «RB Leypsig» da o‘ynab yurganida, yangi darajaga o‘tishga tayyorligiga da’vo qilgandi. Bir mavsumda olti gol 53 million yevrolik hujumchidan kutilgan natija emas.

Umuman olganda, Verner unchalik yomon mavsum o‘tkazmadi. Kam gol urib sheriklariga muntazam yordam berib turdi va Premyer-ligada 12 golli uzatma berdi. Ammo markaziy hujumchidan birinchi navbatda gollar kutilmoqda va Timo bu vazifani uddalay olmadi. «Chelsi» odatda hujumda katta muammolarga duch kelmoqda. Jamoada mavsumning eng yaxshi to‘purari yarim himoyachi Jorjino bo‘lib, u 7 ta gol urdi va barchasi penaltidan.

Mavsum kashfiyoti

APLning so‘nggi mavsumidagi asosiy kashfiyotlardan biri «Vest Xem» edi. Devid Moyes jamoasi asta-sekin kuchli to‘rtlikka kira boshladi va bir necha oy Chempionlar Ligasi zonasida bo‘ldi. «Bolg‘achilar» Chempionlar Ligasi uchun haqiqiy da’vogar bo‘lishgan, ammo ular mavsum oxirida biroz ustunlikni boy berishdi. Shunga qaramay, londonliklar Yevropa Ligasiga yo‘l olishdi. Yaxshi yutuq, chunki ular mamlakatning eng yaxshi olti klubi safiga kirdilar. Hamma poytaxt jamoalari bunday natijaga erisha olishmadi. Masalan, «Tottenxem» faqatgina Konferensiya Ligasiga chiqdi va «Arsenal» esa Yevropaning biron bir musobaqasisiz qoldi.

Moyes Xosep Gvardiola bilan birga Angliyaning eng yaxshi murabbiyi unvoniga da’vogarlik qildi va natijada u mukofotni oldi. Biroq, «Vest Xem»ning yana bir qahramoni Jessi Lingardni ham ta’kidlash joiz. «Manchester Yunayted»dan kelgan futbolchi yarim mavsumni London klubida o‘tkazdi va u yerda faoliyatini qayta tikladi. Bolg‘achilar uchun birinchi o‘yindayoq futbolchi dubl qayd etdi. Umuman olganda, Lingard «Vest Xem» bilan 16 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirdi. Jessi o‘zining harakatlari bilan bolg‘achilarga Yevropa musobaqasida qatnashishga yordam berdi. Biroq, uning kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda.

Mavsum omadsizi

Ushbu toifaga birdaniga uchta klub kiritilishi mumkin: «Tottenxem», «Arsenal» va «Lester». Mikel Arteta hanuzgacha jamoasidagi barcha jarayonlarni o‘rnatolmayapti va «shporlar» esa yana bir bor barcha musobaqalarda, hattoki Joze Mourinyo boshchiligida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo mavsumning eng katta omadsizi –«Lester» bo‘lib qoldi.

Bir tomondan, tulkilar o‘z tarixlarida birinchi marta Angliya kubogini yutishdi, bu shubhasiz katta yutuq. Ammo Brendan Rodjersning jamoasi chempionat yakunini «rasvo» tarzda o‘tkazishdi va Chempionlar Ligasisiz qolishdi. «Lester» har qanday ingliz klubi orasida eng uzoq vaqt davomida (242 kun) kuchli to‘rtlikda yurdi, lekin mavsum so‘nggida beshta o‘yinda atigi 4 ochko to‘pladi va beshinchi o‘rinni egalladi.Aynan shu voqea 2019/20 yilgi mavsumda ham jamoa bilan sodir bo‘lgandi.

APLda mavsum shu tariqa o‘z yakunini topdi. Yangi mavsum oldidan jamoalarda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini esa faqatgina vaqt ko‘rsatadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:05, 27.05.2021.
O'qildi: 3631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.