Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Lobanovskiy kubogi. O‘zbekiston U21 Ozarboyjonni mag‘lub etdi (video)

Lobanovskiy kubogi. O‘zbekiston U21 Ozarboyjonni mag‘lub etdi (video)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U21 terma jamoasi Ukrainadagi an’anaviy Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turniri doirasida bugun Ozarboyjonga qarshi bahs olib bordi. Temur Kapadze shogirdlari unda kichik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Vakillarimiz birinchi bo‘limda har tomonlama ustunlikka ega bo‘lishdi. Yoshlarimiz to‘pni nazorat qilishda ham, xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha ham raqibdan kuchli ekani sezilib turdi. Faqat vaziyatlarni golga aylantirishda futbolchilarimiz oqsashdi.

O‘zbekiston U21 jamoasi ikkinchi bo‘limni ham hujumkorlik bilan boshladi va raqib darvozasi oldida xafli vaziyatlar yarata boshladi. Ammo Ozarboyjon posboni ishonchli o‘ynashda davom etgan bo‘lsa, ba’zida yigitlarga omad yetishmadi. Xususan, Ibragimov 65-daqiqada yo‘llagan jarima zarbasi natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Jasur Jaloliddinov 28 metrlardan jarima zarbasi orqali "to‘qqizlik"ka to‘pni "mixlab" qo‘ydi.

Ozarboyjonliklar hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi, ammo Kapadze shogirdlari hisobni yiriklashtirish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. O‘yinda esa hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ozarboyjon 1-turda Ukrainani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ertaga esa O‘zbekiston va Ukraina yoshlari so‘nggi tur bahsini o‘tkazishadi. Mazkur uchrashuvdagi durang natija ham vakillarimizga musobaqa g‘olibligini taqdim etadi.

Valeriy Lobanovskiy xalqaro turniri
Ozarboyjon (U-21) - O‘zbekiston (U-21) - 0:1 (0:0)
Gol: Jasur Jaloliddinov (75).
Ozarboyjon (U-21): Samigullin, Aliyev, Agdjabayev (Chelik, 84), Zulfugarli (Gurbanli, 61), S.Abdullazoda, Rzayev (Seidov, 61), V.Jafarov, D.Jafarov (R.Abdullazoda, 67) , Garahmadov (Valizoda, 84), Mustafoyev (Huseynli, 84), Asgerov (Elizada, 61).
O‘zbekiston (U-21): Yo‘ldoshev, Mirsaidov (Begimov, 67), Tursunov (Hamidjonov, 75), Sultonmurodov (Turdaliyev, 71), Shamsiyev, Ibragimov (Xolmatov, 71), Jo‘raqo‘ziyev (Jaloliddinov, 67), Abdumannonov (Norchayev, 67), Bo‘riyev (Roziyev, 75), Mamasidiqov (Hoshimov, 67), Odilov (Rahimkulov, 72).
Ogohlantirishlar: Zulfugarli, Asgerov, V.Jafarov - Shamsiyev, Odilov, Jaloliddinov, Turdaliyev.
Chetlatishlar: S.Abdullazoda (o‘yindan keyin) — Shamsiyev (90+1), Roziyev (o‘yindan keyin)
Hakam: Yevgeniy Aranovskiy (Ukraina).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:46, 27.05.2021.
O'qildi: 4231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.