Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" sobiq himoyachisi "Roma"da paydo bo‘lishi mumkin

"Bavariya" sobiq himoyachisi "Roma"da paydo bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etgan himoyachi Jerom Boateng faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, rimliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 32 yoshli himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.


O‘yinni himoya asosida qurish uchun portugaliyalik mutaxassisga tajribali futbolchilar kerak. 2020/21-yilgi mavsum Boateng "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Aprel oyida "Barselona" va "Tottenham" ham nemis himoyachisiga qiziqish bildirishgan edi.

Kiritildi: 12:16, 28.05.2021.
O'qildi: 1496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.