«Borussiya» Dortmund Londonning «Chelsi» klubining ikki futbolchisini nishonga olmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar beradi.
Dortmundliklar ushbu yozda hujumchi Temmi Abrahamni sotib olishga harakat qiladi. Bundan tashqari, «Borussiya» yarimhimoyachi Kallum Xadson-Odoi transferini ham amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ikkala futbolchi ham Tomas Tuxelning rejalariga kiritilmagan.
«Borussiya» ushbu ikki missiyani bajarish uchun kamida 75 million yevro to‘lashi kerak.