Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Kelishilgan o‘yinda qatnashgani uchun Pro-liganing ikki klubi jazolandi

Kelishilgan o‘yinda qatnashgani uchun Pro-liganing ikki klubi jazolandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tomonidan Pro-ligada qatnashuvchi «Yangiyer» hamda «Sho‘rtan» futbol klublarining ayrim vakillari xaq evaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi va totalizator o‘ynab kelgan shaxslarga yordam berganligi aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.

«Aniqlangan holatlar bo‘yicha O‘FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tegishli ma’lumotlar to‘planib, O‘FA Etika qo‘mitasiga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘yicha O‘FA Etika qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib, unda Pro-liga musobaqasida qatnashuvchi «Yangiyer» hamda «Sho‘rtan» futbol klublarining ayrim vakillariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Bunda ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi, totalizator o‘ynab kelgan shaxslarga yordam berganligi hamda yordam berishga uringanligi uchun 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatlarga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.

Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi barcha futbolchilar, futbol mutaxassislari, hakamlar hamda musobaqalarning rasmiy shaxslarini bu kabi noqonuniy holatlardan xabar topgan yoki shu holatlarga aloqador shaxslar ularga aloqaga chiqqan taqdirda darhol «Futbol faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi deklarasiyasiga asosan O‘FAning tegishli bo‘limlariga ixtiyoriy ravishda xabar berishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantiradi.

O‘z vaqtida ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi va ularning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», - deyiladi tashkilot saytidagi xabarda. 

Avvalroq, «Sho‘rtan» klubining 6 nafar futbolchisi o‘tgan yili va joriy mavsumda totalizator o‘ynab kelgan shaxslarga yordam berganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 20:53, 28.05.2021.
O'qildi: 4186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.