Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Boks. Erkaklar. O‘zbekistonlik sportchilarning 7 nafari Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Boks. Erkaklar. O‘zbekistonlik sportchilarning 7 nafari Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha 2021 yilgi Osiyo chempionatining yarim final bahslari 28 may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik o‘n nafar bokschi ringga ko‘tarildi. Bahodir Jalolov kuvaytlik Alanzi Abdurrahmonni ikkinchi raunddagi nokaut evaziga taslim etdi. U finalda azaliy raqibi qozog‘istonlik Qamishbek Qo‘nkaboyevga qarshi jang qiladi.

Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Nodirjon Mirzahmedov, Bobousmon Boturov, Saidjamshid Ja’farov va Dilshodbek Ro‘zmetov ham o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlab, finalga yo‘l oldi.

Abdumalik Halokov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov mag‘lubiyatga uchrab, o‘z yurishini yarim finalda tugatdi.

Osiyo chempionati—2021 yarim final natijalari bilan tanishing:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov 5:0 hisobida Unubold Orxontangalagno (Mo‘g‘uliston) mag‘lub etdi;

-52 kg: Shahobiddin Zoirov Azat Usenaliyevni (Qirg‘iziston) taslim etdi (4:1);

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov 5:0 hisobida Junmilardo Ogayredan (Filippin) ustun keldi;

-60 kg: Abdumalik Halokov Senbataar Erdenebatga (Mo‘g‘uliston) yutqazib qo‘ydi (2:3);

-64 kg: Elnur Abduraimov 0:5 hisobida Chinzorig Baatarsuxga (Mo‘g‘uliston) mag‘lub bo‘ldi;

-69 kg: Bobousmon Boturov raqibi Vikas Krishan (Hindiston) jangni davom ettira olmagani evaziga texnik g‘alabaga erishdi;

-75 kg: Saidjamshid Ja’farov 5:0 hisobida Eumir Marsyalni (Filippin) mag‘lubiyatga uchratdi;

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov Shabbos Negmatulloyevni (Tojikiston) yengdi (5:0);

-91 kg: Sanjar Tursunov 0:5 hisobida Sanjitga (Hindiston) yutqazib qo‘ydi;

+91 kg: Bahodir Jalolov 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Alanzi Abdurrahmonni (Kuvayt) taslim etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:09, 29.05.2021.
O'qildi: 6685 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.