Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

UEFA o‘zgartirishni istayotgan formatga hozirgi qarashlar

UEFA o‘zgartirishni istayotgan formatga hozirgi qarashlar

Baho:
+ | -

UEFA tashkiloti 2024 yildan boshlab, Chempionlar Ligasida o‘zgarishlar bo‘lishini tasdiqladi. Ushbu o‘zgartirishlar guruhdagi o‘yinlar sonini 10 taga yetkazish va ko‘rsatilgan natijalarga qarab qo‘shimcha o‘rinlar ajratishni o‘z ichiga oladi. Ammo La Liga prezidenti Xaviyer Tebas, ushbu o‘zgarishlar yuzasidan o‘zining salbiy fikrini bildirib o‘tdi.

O‘tgan oyda tashkilot tasdiqlagan o‘zgarishlarning tub mohiyati, amalga oshmagan Superliga g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni Superliga tuzilmasligi uchun musobaqa formatida o‘zgarishlar qilish kerak bo‘ladi.

Superliga loyihasi yuzaga kelgach, Yevropa futbolidagi ayrim kamchiliklar ayon bo‘ldi. Xususan, APL ijrochi direktori Richard Masters ham bunga to‘xtalib: "Evrofutbolni qayta muvozanatlashtirish kerak bo‘ladi. Negaki, hozirgi futbolga umumiy ommadan ko‘ra, bir guruh grand klublar va ularning muxlislarining ta’siri ko‘proq sezilayapti. Buni Superliga mashmashasi chog‘ida o‘zimiz ham guvohi bo‘ldik", deb fikrlarini aytib o‘tdi.

La liga prezidenti Xavyer Tebas va Klublar Maslahat Platformasi (SAP) a’zolari, Superliga tuzishga uringan klublar, butun futbol ommasining fikriga va UEFA ichki maslahat organlari qarashlariga kuchli ta’sir ko‘rsatganiga ishonmoqda. Tebas bu haqda quyidagicha fikrlar bildirdi: "O‘ylashimcha, ushbu inqirozli vaziyatdan keyin hamma, xususan, UEFA va milliy ligalar ham o‘zining qadriyat hamda ekotizimlari himoyasiga ko‘proq e’tibor berishadi. Shuni ham aytib o‘tishim kerakki, Superliga g‘oyalari hali ham mavjud va unga qarshi kurashish uchun UEFA kerakli choralarni ko‘rishi shart".

Shundan so‘ng, Tebas UEFA tomonidan YECHLga kiritilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi. Klublarni oldin ko‘rsatgan o‘yinlariga qarab joy ajratish, oltitalik guruh o‘yinlaridan 10 talik tizimga o‘tkazilishi (shveysarcha model) – turnirning qiymatini va unga bo‘lgan qiziqishni pasaytirishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Qolaversa, bu narsa teletranslasiyalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tebasning ta’kidlashicha, bu borada guruhda 10 talik o‘rniga sakkiztalik o‘yin tizimi ma’qulroq. Agar bu tizim o‘zini oqlasa, keyin 10 talikka o‘tish g‘oyasini ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi.

Tizim o‘zgartirilishi yuzasidan Yevropa Ligalari biznesini rivojlantirish va aql markazi menejeri Antoni Blekbarn ham fikr bildirdi. Unga ko‘ra, UEFA yangi formatni mukammal o‘ylab ko‘rmagani, muzokaralar hali ham davom etayotgani va barcha o‘zgartirishlar yil oxiriga qadar belgilanishini aytib o‘tgan.

Klublar Maslahat Platformasi anjumanida YECHL formati o‘zgartirilishi yuzasidan "Kristall Pelas" klubi raisi, Stiv Perish ham so‘zga chiqdi. Uning firkicha, Yevropa futbolida yuzaga kelgan muvozanatsizlik sababi – bir guruh futbol piramidasi tuzmoqchi bo‘lgan katta klub egalari. Ularning klublariga qarshi sanksiyalar joriy qilish muhimligi va darhaqiqat, UEFA joriy konstitusional o‘zgarishlarga muhtojligini ta’kidladi. Qolaversa, top-darajadagi yevrofutbolda maoshlar taqsimlanishi bilan bog‘liq muammolar borligi va uni ham isloh qilish kerakligini aytib o‘tdi. Shuningdek, onlayn anjumanda UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin faoliyati yuzasidan tanqidlar bildirildi.

Shunday qilib, katta turnir oldidan UEFA katta bo‘hronlar ostida qolgan. Ushbu muammoli masalalar tez orada yechim topadi degan umiddamiz.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi.

Kiritildi: 09:47, 29.05.2021.
O'qildi: 1894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.