Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Prevyu. «Manchester Siti» - «Chelsi»

Prevyu. «Manchester Siti» - «Chelsi»

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda ikki ingliz klubi o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Uchrashuv Portugaliyaning Portu shahridagi "Estadio Dragau" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

"Manchester Siti"

«Shaharliklar» bu mavsumda fantastik darajadagi o‘yinlari bilan yodda qoldi. Mamlakat chempioniga aylandi. Yana bir sovrin – Angliya liga kubogini ham o‘zlariniki qila olishdi. APLda raqobat o‘ta kuchli ekanligiga qaramasdan, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu klubning so‘nggi o‘n yil ichidagi beshinchi tituli hisoblanadi.

Pep Gvardiola shogirlari bilan xalqaro maydonda ham teng darajadagi saviyali o‘yinlar olib bordi. G‘alabali seriyalar qayd eta oldi. S guruhida birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, peshqadam sifatida pley-offga yo‘l oldi. Jamoa Portugaliyadagi finalga yuqori kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Negaki, o‘z maydonida «Everton»ni yirik 5-0 hisobida tor-mor keltira oldi va muxlislari ko‘z o‘ngida APL kubogini baland ko‘tarishdi. Motivasiya jihatdan esa turnir finaliga ilk bor chiqayotgan klub, mavsum ohiri bo‘lishiga qaramay ayni yuqori notada. O‘yin oldidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Pep o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Men ushbu klubda o‘zimni eng baxtli insonday his qilyapman. Bunday darajda turishimiz bizga sharaf va faxr. Finalda qanday o‘ynash kerakligini bilamiz. Shogirdlarim ham barcha imkoniyatlarini ishga solib o‘yinni yutishga urinib ko‘rishadi".

Jamoaning finalgacha yo‘li:

G‘: 11, D: 1, M: 0, T-N: 25-4

1/8 final: "Borussiya M." (umum. 4-0)

1/4 final: "Borussiya D." (umum. 4-2)

1/2 final: «PSJ» (umum. 4-1)

To‘purarlar: R. Mahrez, F. Torres (4 tadan)

«Chelsi»

London jamoasi butun mavsum davomida notekis o‘yinlar o‘tkazishdi. Mavsum yarmida murabbiy almashishi klub o‘yinlarini butunlay yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Chempionlar ligasi guruh bahslarini Frenk Lempard boshchiligida yakunlagan «ko‘klar», pley-off da Tuxel qo‘l ostida ishtirok etishdi va kuchli raqiblarni yengib, final yo‘llanmasiga xaqli ega chiqdilar. APLda ham ishlari yurushmayotgan jamoani, yangi murabbiy kelib, butunlay isloh qildi. Mavsumni YECHL uchun qoniqarli pog‘onada yakunlay oldi. Albatta, bunda hamshahri – «Tottenhem»ni «tulkilar» ustidan g‘alabasi ahamiyatli bo‘ldi. Biroq, umumiy kartinada, baribir londonliklar o‘yini oldinga siljidi.

Tuxel jamoaga kelgach reforma ishlarini olib bordi. Xarid qilingan kuchli o‘yinchilarni o‘z darajasida o‘ynab ketishiga yordam berdi. To‘g‘ri, orada kutilmagan mag‘lubiyatlar ham bo‘lib turdi. Bunga so‘nggi turda uy stadionida «Villa»dan uchralgan mag‘lubiyat yaqqol misol bo‘la oladi. Shunga qaramasdan, klub mutlaqo o‘zgardi. Buni isboti sifatida, so‘nggi ikkita uchrashuvda «Siti» ustidan g‘alaba qozonilganini keltirish mumkin. Uchinchi o‘yinga esa ikki jamoa ikki xil kayfiyatda yetib kelgan. Londonliklar ko‘tarinki ruhda deyish biroz mushkul. Bunday deyishimizga Angliya kubogi finalida «Lester»ga, ligada esa, asosiy raqiblaridan bo‘lgan «Arsenal»ga derbida imkoniyatni boy berganligi asos bo‘la oladi.

Matbuot anjumanida Tuxel ham final oldidan fikr bildirdi: "Bolalikdan CHL o‘yinlarini orzu qilasiz va o‘sha payt bu yetib bo‘lmas orzudek tuyuladi. Hozir esa, men buni ichidaman. Finalda jamoamizga qat’iyat juda zarur bo‘ladi. O‘tgan va yakuniga yetayotgan mavsumda «Siti» va «Bavariya» kabi jamoalar butun Yevropada etalon bo‘la olishdi. Raqib o‘ta kuchliligini bilamiz. Barchasi o‘yindagi 90 daqiqalikda hal bo‘ladi. Maydonda nima bo‘lishini oldindan tahmin qilish mushkul ish".

Jamoaning finalgacha yo‘li:

G‘: 8, D: 3, M: 1, T-N: 22-4

1/8 final: "Atletiko M" (umum. 3-0)

1/4 final: «Portu» (umum. 2-1)

1/2 final: "Real M" (umum. 3-1)

To‘purar: Olivye Jiru (6 ta)

Eslatib o‘tamiz, final bahsini tungi soat 12 dan boshlab, Uzreport TV kanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:33, 29.05.2021.
O'qildi: 4035 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.