Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Chempion murabbiyning ketishi, «rossoneri» orzusi va mavsum qahramonlari yoxud yakunlangan A Seriya sarhisobi

Chempion murabbiyning ketishi, «rossoneri» orzusi va mavsum qahramonlari yoxud yakunlangan A Seriya sarhisobi

Baho:
+1 | -

A Seriyada 2020/21 yilgi mavsum tarixiy bo‘lib chiqdi. Avvaliga «Inter» «Yuventus»ning 9 yillik gegemonligini buzdi. Ikkinchidan, «neradzurri»ning o‘zi 11 yil ichida birinchi marta Italiya futbolining tojiga qaytdi. A Seriyada ko‘p qiziqarli voqealar bor edi Andrea Pirlo «Yuventus»ga murabbiy bo‘lganidan to Yevropa Superligasi bilan bog‘liq katta janjalgacha. Yevrokuboklar masalasi so‘nggi turgacha hal qilinmay turdi. Quyida, barchasini sarhisob qilamiz

Chempion: «Inter».

Chempionlar Ligasi: «Inter», «Milan», «Atalanta», «Yuventus».

Yevropa ligasi: «Napoli», «Lasio».

Konferensiya ligasi: «Roma».

Quyi ligaga tushib ketish: «Benevento», «Krotone», «Parma».

Mavsumning eng yaxshi to‘purari

Krishtianu Ronaldu baribir o‘z maqsadiga erishdi va «Yuventus»dagi uchinchi mavsumidan so‘ng Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. 2020/21-yilgi mavsumda portugaliyalik 29 ta gol urdi va «Inter» hujumchisi Romelu Lukaku eng yaqin ta’qibchini 5 golga ortda qoldirdi. Kuchli uchlikni «Atalanta» hujumchisi Luis Muriyel yakunladi.

Kolumbiyalikning hisobida 22 gol mavjud. Ronaldu ketma-ket uchinchi yil Turin klubining eng yaxshi to‘purari, ammo A Seriyada u birinchi marta ushbu nomga sazovor bo‘ldi. O‘tgan mavsum Italiyada to‘purar «Lasio» hujumchisi Chiro Immobile edi (36 gol), u «Oltin butsa»ni ham qo‘lga kiritgan edi. Ronalduning «Yuventus» dagi birinchi yilida «Sampdoriya» hujumchisi Fabio Kvalyarella (26 gol) A Seriyaning eng yaxshi to‘purariga aylangandi.

Mavsumning eng yaxshi assistenti

Italiyadagi mavsumning eng yaxshi assistenti «Atalanta» yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy bo‘lib, u 12 golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi Lukakuga qaraganda 1 ta ko‘proq golli pas berdi. Kuchli uchlikni bir mavsumda 10 ta golli pas bergan: Xuan Kuadrado («Yuventus»), Genrix Mxitaryan («Roma») va Pyotr Ziyelinski («Napoli»). Ukrainalik futbolchi mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi - faoliyatidagi eng zo‘rlaridan biri. «Atalanta»da Ruslan har bir uchrashuv uchun o‘rtacha 50 daqiqani maydonda o‘tkazdi, ammo shu bilan birga bergamaskliklar o‘yiniga jiddiy ta’sir qiladi. 12 golli uzatmadan tashqari, futbolchining hisobida ichki chempionatda yana 8 gol bor.

Mavsum darvozaboni

Samir Handanovich so‘nggi 3 yil ichida ikkinchi marta Italiyaning «Oltin qo‘lqopi»ga ega chiqyapti. U 2019/20 yilgi mavsumda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2020/21 yilgi mavsumda «Inter» darvozaboni A Seriyada 17 marta toza «quruq» o‘yin o‘tkazgan «Milan»ning sobiq darvozaboni Janluiji Donnarummada 14 o‘yinda gol o‘tkazmagan bo‘lsa, «Atalanta» darvozaboni Perluiji Gollini 10 o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Sloveniyalik 9 yildan beri «neradzurri»da to‘p surayotgani ajablanarli, ammo o‘tgan mavsumda u Milan klubi bilan birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga, darvozabon uch marta Sloveniyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi, iyul oyida Samir 37 yoshga to‘ladi va uning «Inter»bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Ehtimol, skudetto Handanovichning Milan klubidagi birinchi va so‘nggi katta muvaffaqiyati bo‘lib qolar.

Mavsumning eng yaxshi transferi

«Yuventus» har doim ham yaxshi va foydali transfer bitimlarini amalga oshiravermaydi, ammo Federiko Keza bilan shartnoma imzolashi, albatta, «Byankoneri»ning foydasiga ishladi. Kim biladi deysiz , agar Andrea Pirlo jamoaning bosh murabbiyiga aylanmaganda u klubga kelarmidi,yo‘qmi. Yosh mutaxassis haqiqatan ham yosh qanot hujumchisi bilan ishlashni xohlardi va shu bilan ular kelishib oldilar.

«Yuventus» futbolchini sotib olish imkoniyati bilan 2022 yil iyungacha ijaraga oldi. Keza Turin klubida juda yaxshi mavsumni o‘tkazdi. Federiko A Ceriyada «byankoneri» safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 8 ta golli pasga mualliflik qilgan. Barcha turnirlarda 23 yoshli italiyalik futbolchining hisobida 14 ta gol va 10 ta golli pas bor. Futbolchi jamoaga nafaqat ichki chempionatda, balki Chempionlar Ligasida ham katta yordam berdi. Keza «Yuventus» tomonidan sotib olinishga loyiqligini isbotlab ulgurdi. Ushbu hamkorlikdan har ikki tomon ham foyda ko‘radi.

Mavsum kashfiyoti

A Seriya turnir jadvalidagi uchinchi o‘rin va Chempionlar Ligasidagi o‘rin allaqachon «Atalanta» uchun odatiy o‘ringa aylanib ulgurdi. Ammo milliy chempionatning «kumush»i va Chempionlar Ligasiga qaytish «Milan» uchun katta voqea. «Rossonerlar» 2019/20 yilgi mavsumdan muhim yutuqlarni namoyish etib, jadvalda 6 o‘rindan 2-o‘ringa ko‘tarilishdi. 2020/21 yilgi mavsumda «qizil-qoralar» anchadan buyon A Seriyada yetakchi bo‘lib keldi, lekin baribir ular yuqori pog‘onalarni ushlab tura olishmadi va hattoki Chempionlar Ligasi zonasini tark etish xavfi ostida qolishdi.

Shunga qaramay, Stefano Pioli jamoasini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi va uni milliy chempionatda 2 o‘ringa olib chiqdi. Bu yetakchi va eng yaxshi to‘purar 39 yoshli hujumchi bo‘lgan yosh jamoa uchun yaxshi ko‘rsatkich. «Milan» klubda ijarada o‘ynagan yoki o‘ynayotgan bir nechta futbolchisini yo‘qotishi mumkin. Ammo shu bilan birga, «rossonerilar» yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qiladigan kuchli jamoani shakllantirish uchun resurs va imkoniyatlarga ega.

Mavsum omadsizi

Ushbu o‘rinda «Yuventus»ni e’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q. Bir tomondan, «Byankoneri» Italiya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi. Biroq bu sovrinlarni ular yo‘l-yo‘lakay qo‘lga kiritishlari kerak edi. Ushbu yutuqlari uchun hech kim Andrea Pirloni maqtamaydi. Biroq ular qanday qilib 1/8 finalda «Portu» tomonidan Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborilgani va tarixiy sharmandalik arafasida turgani, faqat A Seriyaning so‘nggi turida Chempionlar Ligasiga ilinib qolgani hammaning yodida qoldi. Qolaversa, jamoaning kelajak taqdiri nima bo‘lishini taxmin qilish qiyin. Jamoa lageridagi vaziyatni ham qoyilmaqom deb bo‘lmaydi. Yangi mavsumha jamoa qanday tarkibda yetib borishini hech kim bilmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:10, 30.05.2021.
O'qildi: 3435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.