Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Triumf ta’mini totmagan telbalar

Triumf ta’mini totmagan telbalar

Baho:
+ | -

Yaqin 10 yil ichida futbol o‘zining eng zamonaviy cho‘qqisiga qarab shiddat bilan ko‘tarilib bormoqda. Bu yo‘lda klublarning moliyaviy va texnik tomonlama imkoniyatlari ham sezilarli darajada o‘sib ulgurdi. Ayni paytda biror bir klubga yangi tayinlangan menedjer bo‘ladimi, xoh murabbiy, u jamoasining va o‘zining kelajagini titullarda ko‘radi. Zero rahbariyatning ham ularga qo‘yadigan bosh talabi ham aynan sovrin bilan kafolatlanadi.

Sovrin... bu so‘z zamirida yillar davomida to‘plangan tajriba, kuchli jismoniy mehnat mahsuli va ayovsiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvlar yotadi. Biroq futbol olamida shu kabi toifa vakillari ham borki, ular uchun butun faoliyati davomida bir dona kubok yutish ham nasib qilmaydi.

Tasavvur qilyapsizmi, umrini ushbu sport turiga baxshida etgan inson uchun sheriklari ila eyforiyaga yo‘g‘rilgan bittagina sovrin yutish ham armon bo‘lib qolishi mumkin. Ha, bunday futbolchilarni oramizdan topish qiyin emas. Ular deyarli har kuni sizu bizga tanish bo‘lgan mashhur insonlar.

Stadion.uz bugun ana shunday omadsiz qahramonlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

Hozirda tuzmoqchi bo‘lgan ro‘yxatimizning yuqori o‘riniga bemalol «Inter» posboni Samir Xandanovichni qo‘shgan bo‘lar edik. Biroq baxtni qarangki, sloveniyalik posbon bir necha kun avval o‘zining azaliy orzusiga erishdi - chempion nomiga sazovor bo‘ldi. Chempion bo‘lganda ham qanday, A Seriya taxtini 9 karra rasmiylashtirib qo‘ygan «Yuve»ni chetga chiqargan holda. Endi 36 yoshli tajribali kiper uzoq yillik faoliyati peshtaxtasini o‘zining ilk sovrini bilan to‘ldirib qo‘yishi mumkin. Albatta, g‘alati eshitilishi mumkin. Biroq quyida ushbu onlar nasib etmagan omadsiz qahramonlar haqida so‘z yuritamiz.

Harri Maguayr

Harrini ushbu beshlikda ko‘rib ko‘pchilik hayratga tushgan bo‘lsa ajab emas. Chunki endigina 28 ni qarshi olgan futbolchini sovrinsizlikda ayblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biroq Maguayrning bu toifaga kiritilishiga asosiy sabab - uning haqiqiy ma’nodagi omadsizligi. Biz uni «Atletik» va «Lester»dagi o‘yinlaridan taniy boshlaganmiz.

Qiziq tomoni, Harri har klubini almashtirib bir ortga qayrilganda, og‘zidagi oshini alamli tarzda oldirib qo‘yganini his qilgan. Xabaringiz bor, Angliya Premyer-ligasida «Lester» sensasion tarzda chempionlikni qo‘lga kiritib, musobaqa tarixidan joy olgan edi. «Uigan»dan xarid qilingan Maguayr transferi esa afsuski, bir yil o‘tib sodir bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, «tulkilar» libosida javlon urgan Maguayr timsoli chempion sifatida eslanmaydi.

Navbatdagi yurishga e’tiborimizni qaratamiz. «Lester»dagi ikki yillik ajoyib harakatlaridan so‘ng angliyalik futbolchi tezda MYU qiziqish markaziga tushadi va «qizil iblislar» ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy berishmaydi. O‘sha yil uchun rekord bo‘lgan summada (89 million yevro) Harri 2019 yilda Manchesterga ko‘chib o‘tadi. Biroq yana omadsizlik... «Mankunianlar»ning 2017 yili Yevropa ligasini zabt eganliklarini ortdan kuzatgan yigitcha shu yili Lester emas, balki Manchester shahri variantini tanlamaganidan afsuslangan bo‘lsa ajab emas.

Ha shunaqa, Harri hayotidagi ikki muhim poyezdni o‘tkazib yubordi. Biroq vaziyatga har xil nigoh bilan qarash mumkin. Balki u to‘g‘ri yo‘lni tanlagandir, faoliyatidagi zinalardan bosqichma-bosqich o‘tib borayotgandir. Darhaqiqat, Maguayr ancha yosh bo‘lishiga qaramay MYUda qisqa muddat ichida o‘zini ko‘rsata oldi. Kelganiga ko‘p bo‘lmay unga sardorlik bog‘ichi topshirildi, Sulsherning eng ishongan tog‘laridan biriga aylandi. Superliga mashmashasi avj olgan pallalarda ham aynan Maguayr Olening yonida dadil turib bu g‘oyaga qarshi bosh ko‘tardi, qanchalik og‘ir bo‘lmasin dongdor Gleyzerlar oilasining xavfli hujumlariga muxlislar bilan birga kurasha oldi. U endi sekin-asta MYU hayotidagi afsonalar qatoriga qo‘shilib boradi.

Harri ancha sabrli va mehnatkash yigit. U buni kerak bo‘lsa har bir o‘yinda isbotlay oladi. Joriy mavsum shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan «fergi taym»larda ham bevosita uning katta ulushi bor. Sulsher va uning shogirdlari chempionlik uchun ancha yaqin kelishdi. Biroq ozroq yetishmagan stabillik jamoaning hamshahariga chempionlikni topshirib qo‘yishga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay «Manchester Yunayed» Fergyuson davridan beri ilk marta mavsumni shunday dadil o‘tkazmoqda. Shoyad futbolchilar uzoq kutilgan APL sovrini hidini muxlislarga tuhfa etishyotgandek. Ko‘ramiz, kelasi mavsum chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri deya aytilayotgan jamoa ushbu silliq shakllangan takibi bilan qanday natija ko‘rsata olar ekan? Keling Maguayr hikoyasini shu yerda to‘xtata qolamiz. Yevropa ligasi finali haqida gapirmayman.

Radja Nainggolan

Radja nomi ko‘pchilik muxlislarga tanish. 5 yillar ilgari ushbu futbolchini biz top darajada ko‘rishga o‘rgangan edik. Afsuski hozirgi faoliyati u qadar maqtashga arzigulik emas. Chunki belgiyalikka aksariyat o‘yinchilarda kuzatilgani kabi keraklicha stabillik yetishmaydi. U faoliyatining asosiy qismini «Kalyari»da o‘tkazib yubordi.

«Roma»dagi super va tezkor «Ninzya» keyinchalik Milanning ko‘k qismida ham yetarlicha javlon urib berdi. Ammo ushbu qahramonimiz doim navbatdagi qadamlarni tanlashda adashadi. «Neradzurrilar» postini xato damlarda tashlab ketgan Radja bugun sobiq jamoadoshlari bilan 12 yillik skudettoni tantana qila olmaydi. Asosiy klubiga qaytar paytida esa «Inter» bilan yana chempionlik sari kurashishiga bizningcha uning o‘zi ham ishonmasa kerak.

Son Xyon Min

Koreyalik futbolchining joriy mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlari istalgan APL muxlisini o‘ziga rom etib qo‘ydi. U va Keyn tandemi tomonidan amalga oshirilgan natijalar ancha vaqt davomida musobaqa ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelgan. Biroq hozir ushbu juftlik tempida biroz pasayish ko‘zga tashlanmoqda. Albatta bu umuman boshqa mavzu. Bizning asosiy mavzu esa super darajaga chiqib ulgurgan Sonning mavsumni birorta ham sovrinsiz yakunlashida.

Mantiqan olib qaraganda ushbu futbolchining faoliyatida deyarli uzilishni ko‘rmaymiz, omadsiz jarliklar ham ko‘zga tashlanmaydi. Aksincha, u o‘ziga klub tanlashda umuman adashmagan. Nisbatan pastroq darajadagi «Gamburg»da ko‘rinish bergan futbolchi «Bayer»dagi sermahsul o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushdi. O‘sha paytlar uchun o‘rtacha daraja egasi bo‘lgan Son balki sovrinlarga noloyiqdek tuyulgandir. Buni o‘zi ham darhol his etgan koreys faoliyatini darajasi balandroq jamoada davom ettirishni istadi va 2015 yili «Tottenxem» safiga kelib qo‘shildi.

London shahri futbolchi uchun katta taramplin vazifasini o‘tab berdi. Bu yerda u va jamoadoshlari titulli musobaqalar finishiga bir qadam qolganda ortga qaytib kelaverishdi. 2019 yili Chempionlar ligasi, joriy mavsum esa mamlakat Liga kubogi «shporlar»ga nasib etishi mumkin edi, ammo... Endi Son o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yib borishi kerak. Sovuqqonlik va biroz jur’at ko‘rsatgan holda qaysidir grand jamoa safiga borib qo‘shiladigan payt ham keldi. Zero Son buning uchun yirik bosqichlarni bosib o‘tib deb bemalol ayta olamiz.

Xarri Keyn

Sovrin yuta olmagan futbolchilar haqida gap ketganda birinchi navbatda ko‘z o‘ngimizga yaqin o‘tmishga ega, barchaning mehriga tushib ulgurgan Harri Keyn kelsa ajab emas. Ha, Harri super darajada o‘tkazgan mavsumlarini ham birorta medalsiz yakunlashga majbur bo‘ldi. Xabaringiz bor, Keyn 2011 yildan beri «shporlar» sharafini himoya qilib keladi. Biroq turli davrlarda boshqa jamoalarda ham ijarada o‘ynab kelishga ulgurgan. Xususan, debyut mavsumlaridan boshlab 2013 yilgacha futbolchi «Leyton Oriyent», «Millvol», «Norvich» hamda «Lester» klublari ixtiyorida bo‘lib keldi. Ayniqsa «tulkilar» safidagi kezlaridan boshlab darajasi biroz o‘sgani sezildi. Lekin ko‘p o‘tmay yana Londonga qaytib keldi.

Qaytgandayam mo‘’jizaviy tarzda, bo‘ron shiddati ila o‘z nomini baralla ko‘rsata oldi. Keyn uchun joriy mavsum hisobidagi to‘purarlik yangisi emas. U xuddi shu jamoa tarkibida, turli murabbiylar bilan ham rosmana bombardir bo‘lgan, kerak bo‘lsa ikki marta. Bu uning xususiyati. Xarri faqat gol urish uchun tug‘ilgan. Nufuzli futbol mutaxassislari tomonidan ham u eng kuchli «to‘qqizlik» hujumchilar qatorida e’tirof etiladi. Bunga yarasha amalga oshirayotgan bir tempdagi og‘ir mehnatini alohida e’tirof etish joiz. Lekin shunga qaramay omad har doim Xarridan yuz o‘giradi, u bilan cho‘qqigacha chiqib boradi, biroq yakunda nom-nishonsiz tashlab ketadi. 2016 yili «Lester» APL chempioni bo‘lgan paytlar Keyn ham xuddi Maguayr singari g‘olib jamoa tarkibida bo‘lmagan.

Biroq bu kabi sinishlar ushbu qahramonimizga zarracha ta’sir qilmagan. Aksincha u yildan yilga toblanib boraverdi. 2016 yili 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan «Tottenxem» bu ishni Keyn boshchiligida bir yil o‘tib ham yana takrorladi. Kelasi yil esa 3-o‘rin. 2019 yili esa jamoa haqli ravishda YECHL finaligacha yetib bordi. Biroq taqdir-da, tarkibda Keyn kabi ijrochilar tanqisligi sabab «Liverpul»ga imkoniyat boy berildi. Joriy mavsum ham Xarrini to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmadi. U ichki chempionatda ham eng yaxshi assistent, ham eng yaxshi to‘purar bo‘lgan kam sonli futbolchilardan biriga aylandi. Super! Garchi ichki chempionatdagi muvaffaqiyatsiz o‘rniga qaramay «shporlar» Angliya kubogi finaligacha chiqib bordi, biroq... Ha, buyog‘i sizga ma’lum. Omad har safar Keyn va uning sheriklarini oyog‘idan tortib qoladi.

Shunga qaramay bugun Keyn "Tottenxem"ning chinakam ramziga aylangan. U o'sha alamli finaldan so'ng jamoadan ketishini ochiqchasiga e'lon qildi. Albatta o'z klubining yuragini qo'yib yuborishni esa tabiiyki muxlislar istamasliklari aniq. Biroq hozir vaziyat har tomonlama ingliz o'g'lonini Londondan uzoqroqqa ketishga undaydi. Levi bilan bog'liq muammolarga esa chidab kelayotganining o'zi ham katta jasorat. Biz bunda Keynga omad tilab qolamiz.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 23:58, 31.05.2021.
O'qildi: 4286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.