Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

E’tirof: Qarilik bilmas qahramon

E’tirof: Qarilik bilmas qahramon

Baho:
+1 | -

Tasavvur qiling, siz top darajadagi hujumchisiz, vaqtingizni asosan Turkiyada gollar urish va sovrinlar yig‘ish bilan o‘tkazgansiz, faoliyatingizni yakunlash uchun qayerga borardingiz? Variantlar ko‘p emas. Hatto MLS ham yoshlar ligasiga aylanmoqda. Javob - barchasini aksincha qilish.

O‘n yarim yildan ko‘proq muddatni o‘z yurtida o‘tkazgan, faqat Xitoyda to‘p surish uchun tanaffus qilgan Burak Yilmaz kuchini Yevropada ko‘rsatishga qaror qildi. Mardonavor qaror: 35 yoshdan keyin top-5 chempionatlarida debyutini nishonlashga hamma ham botinavermaydi.

Ha, Burak original shaxslardan biri. «Lill» u bilan shartnoma imzolashidan xabar topganlarning ko‘pchiligi hayron bo‘lgandi. Qiziq, Yilmaz yangi klubida navbatdagi g‘alaba golini urganidan keyin o‘sha lol qolganlar nima deyishdi ekan? Oldinda yana ikki tur qoldi va tutqich bermas «doglar» «PSJ»ni qiynashda davom etishmoqda.

Umuman, Burakning butun faoliyati diqqatga molik voqealarga boy tarzda o‘tgan. Darvozabon Fikret Yilmazning o‘g‘li hisoblangan qahramonimiz «Antalyaspor» klubi va Turkiya termasi o‘smirlari tarkibida yulduz bo‘lgan. 20 yoshida jamoasining mahalliy chempionat oliy divizioniga chiqishiga ko‘maklashgan. Kattalar termasiga qo‘shilganda esa, bo‘lajak yulduz maqomiga erishgan. Ko‘p o‘tmay, uni «Beshiktosh» o‘z safiga chorlab, asosiy tarkibdan joy kafolatladi. Bunday taklifni rad etib bo‘larmidi?

Biroq u yerdagi start yorqin kechmadi: gol urishda qiynalgani sabab kamtarona «Manisaspor»­ga ketishga to‘g‘ri keldi. Ko‘p o‘tmay, endi boshqa bir grand - «Fenerbaxche»dan taklif tushdi, ammo bu klubda ham Burakning ishlari yurishmadi. Ma’lum muddat ijarada yurgan Yilmaz endi «Tranbzonspor» tarkibiga qo‘shildi.

Aynan o‘shanda, ya’ni 2010 yili 25 yoshni qarshilagan pallada uning faoliyatida o‘sish boshlandi. Yilmaz ikki yarim mavsum davomida gollaridan zavq oldi, mavsum-2011|2012da 31ta o‘yinda 33ta to‘p kiritdi. Bunday sermahsullikdan so‘ng «Galatasaroy»ga o‘tdi va mazkur klubdagi moslashish jarayonida qiyinchilikka uchramadi. To‘rt mavsumning ikkitasida jamoasi bilan chempionlikka erishdi, hayotdan rohatlandi, boz ustiga, termada ham ishlari yurishayotgandi. Bu samaradorlikni kuzatgan xitoyliklar unga katta maoshli taklif yo‘llashdi. Natija - «Beys­zin Goan»dagi ikki mavsum.

Yilmaz vataniga qaytganida, 30 yoshni urib qo‘ygandi. Ammo bu hech nimani o‘zgartirmadi: qahramonimiz doimiy jarohatlarga qaramay, gollar urishda davom etdi. Burakni Turkiyada «Qirol» deb atashlari bejiz emasdir, ehtimol. Ammo faoliyatini yakunlashi arafasida Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tishini kimdir kutganmidi? Avvalroq bu oddiy hol sifatida qabul qilinardi, lekin hozir...

«Lill» ham, Yilmaz ham tavakkal qildi. Klubning jur’atiga qoyil qolish kerak: 21 yoshli Viktor Osimxenni «Napoli»ga 80 mln. yevroga sotib, 35 yoshli erkin agent bilan kifoyalandi. Qolaversa, Burak nisbatan sokinroq klub topishi ham mumkin edi.

Uning baxtiga, murabbiy Kristof Galtye nima qilayotganini bilardi, turkiyalik hujumchi va boshqa futbolchilardan iborat ajoyib tarkib shakllantirdi. Mazkur ro‘yxatda yana ikki nafar turk ham bor - Yusuf Yaziji unga hujumlar payti yordamlashadi, yana biri - iqtidorli himoyachi Zeki Chelik. Umuman, «Lill»ning bu tarkibi ancha mustahkam chiqib qoldi, Jonatan Devid, Jonatan Bamba, Jonatan Ikone, Renatu Sanchesh, Sven Botman va Joze Fonte kabi ijrochilar bor.

Garchi Yilmaz navbatdagi jarohatiga yo‘liqib, yanvar-mart oylarida maydonga tusholmagan bo‘lsada, baribir, asosiy tarkibning ajralmas qismiga aylandi. Fransiyada u 26ta o‘yinda 15ta gol urdi, ularning aksariyati joriy mavsum eng muhimlaridan bo‘ldi.

«Burak - Turkiyada chempionlikka ko‘nikib qolganlar toifasidan. U o‘z yurtidagi barcha katta klublarda o‘ynagan va bizningcha, kelajakka shu tariqa taraddud ko‘rgan. Yilmaz bizni oldinga intilishga undaydi», - deydi bosh murabbiy.

Oldinda «Lill»ni bitta o‘yin kutib turibdi - «Anje»ga qarshi. Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba Liga 1dagi chempionlikni ta’minlaydi. Agar ushbu muvaffaqiyat amalga oshsa, bu Burak Yilmazning faoliyatidagi eng muhim yutuq bo‘lishi shubhasiz.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:00, 01.06.2021.
O'qildi: 18090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.