Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Janubiy Amerikadagi hangomalar: Kopa Amerika o‘tkaziladi(mi)?

Janubiy Amerikadagi hangomalar: Kopa Amerika o‘tkaziladi(mi)?

Baho:
+ | -

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Kopa Amerika musobaqasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab xabarlar mavjud. Jumladan, bu yilgi musobaqa tarixda ilk marotaba ikki mamlakat – Argentina hamda Kolumbiya mezbonligida o‘tishi belgilangan edi. May oyini o‘rtalarida Kolumbiya mezbonlikdan mahrum etilganligi haqida xabarlar chiqa boshladi. Bunga sabab, mamlakatda bo‘layotgan xalq norozilik harakatlari edi. Ushbu harakatlar bevosita rasmiy hukumat va davlat prezidenti — Ivan Dyukega aloqador. Shu tufayli, turnir tashkilotchilari tomonidan Kolumbiya rasman mezbonlikdan olib tashlandi.

Endilikda, qit’aning nufuzli musobaqasi butunlay boshqa davlat – Braziliyada o‘tkazilish ehtimoli paydo bo‘ldi. Agar shunday bo‘lsa, 2019 yilgi Kopa Amerikada, o‘z uyida zafar quchgan Baraziliya, turnirga ikki marotaba ketma-ket mezbonlik qilayotgan tarixdagi ilk mamlakatga aylanadi. Buning asosiy sababi – ikkinchi mezbon davlat hisoblagan Argentinadagi koronavirus bilan bog‘liq qaltis vaziyat.

Argentinadagi pandemiya bilan bog‘liq ahvol yaxshi emas. U yerda o‘tgan 7 kun davomida 35 ming kasallanish holati hamda 500 ta o‘lim qayd etilgan. Mamlakat kuchli karantinga kirish arafasida turibdi. Pandemiya boshidan buyon, umumiy 77 mingdan ko‘proq o‘lim yuz bergan.

KONMEBOL Braziliya prezidenti Jayir Bolsoneyro va uning hukumati hamda Braziliya Futbol Konfederasiyasiga sinovli, qiyin damlarda o‘z bag‘rini ochib, turnirni o‘tkazishga tayyorligini bildirayotgani uchun alohida minnatdorchilik izhor etdi.

Umuman olganda, Braziliyada ham virus bilan bog‘liq vaziyat ancha ayanchli. Hozirgi kunda, 460 mingdan ziyod inson koronavirusdan vafot etgan. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, iyun oyining oxirlariga borib mamlakatda yana bir virus to‘lqin bo‘lishi kutilmoqda.

Bunday qarorga Janubiy Amerika bosh futbol organi – KONMEBOL, dushanba kungi uzoq tahlillardan keyin keldi va o‘zining Tvitterdagi rasmiy sahifasida e’lon qildi. Turnirda Braziliya termasi amaldagi chempionligini himoya qilishadi. Shuningdek, Tvitter tarmog‘idagi sahifada shunday deyiladi: "Mezbon shaharlar va uchrashuvlar tartibi tez orada tasdiqlanadi. Dunyodagi eng ko‘hna futbol bayrami futbol ixlosmandlarini o‘ziga chorlaydi!" Musobaqa 13 iyundan 10- iyulgacha bo‘lishi rejalangan.

Janubiy Amerika terma jamoalarining barchasi ushbu haftada start oladigan jahon chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Boshqa ko‘plab xalqaro turnirlar singari, Kopa Amerika ham o‘tgan yili o‘tkazilishi kerak edi. Ammo koronavirus majburiy qoldirilishlarga sabab bo‘lgandi.

Kopa Amerikaning 2020 yilgi formati boshqacha uslubda o‘tishi belgilangangandi: jamoalar ikkita mezbon davlatlar boshchiligida 5 tadan, ikki guruhga bo‘linishi, har bir guruhdan 4 ta eng yaxshi natija egalari pley-offga yo‘llanma olishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, final bahsi esa, Kolumbiyaning Barrankiya shahrida o‘tishi rejalangan edi. Turnirda qit’adan tashqarida bo‘lgan mehmon jamoalar taklif etish an’anasi mavjudligi bois, Qatar hamda Avstraliya termalari jalb qilingan edi. Ammo ikkala Osiyo vakili ham fevral oyida pandemiya tufayli turnirda qatnashmasligini bildirishgan.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:00, 02.06.2021.
O'qildi: 4397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.