"Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard APLda ish boshlashi mumkin. The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, "Everton" 40 yoshli "Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi bilan muzokaralarni boshladi.
2020/21-yilgi mavsumda "Reynjers" Shotlandiya chempioniga aylandi. Jerrard chempionatning eng yaxshi murabbiy deb topildi. "Everton" esa o‘z murabbiyi Karlo Anchelottini "Real"ga kuzatib qo‘ydi. Uning qo‘l ostida jamoa Premer-ligada 10-o‘rinni egalladi.