Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Qirol Leo: Kataloniyadagi shohona hayot

Baho:
+1 | -

Yaqindagina o‘z jamoasini tark etishi aytilayotgan Messining klub bilan faoliyati yana davom etishi oydinlashdi. Lionel Messi «Barselona»ning bergan yangi taklifiga rozilik bildirib, ketmasligi ma’lum qilindi. Albatta, u Kataloniyani va poytaxt Barselonani yaxshi ko‘radi. Umrining oxirigacha o‘sha yerda qolishni istashini ham yashirib o‘tirmaydi. Afsonaviy futbolchi hozirga qadar u yerda baxtiyor yashagan. Quyida esa Messining shaxsiy hayotiga bir qadar nazar solishga harakat qilamiz.

Messi «ko‘k-anorranglilar» libosida yiliga 123 million funt (!) ishlab topmoqda. Agar ushbu yozda klubni tark etganida, unga qo‘shimcha 35 million «sodiqlik» to‘lovi taqdim etilar edi. Messi ushbu katta mablag‘lar evaziga, tabiiyki, yaxshi yashamoqda. U Kataloniyada aql bovar qilmaydigan turmush tarzini yarata olgan. U yerda Messiga tegishli bo‘lgan bir-nechta hashamatli uy, ajoyib villalar va super modeldagi mashinalar bor.

Uyi haqida...

Barselonaning dengizga tutash qismida, parvoz qilish taqiqlangan va osoyishta hududda Messining hashamdor qarorgohi mavjud.

Ushbu uy umumiy narxi 5,5 million funtga baholangan. Sobiq jamoadoshi Ivan Rakitich so‘zlariga ko‘ra, uy "Kamp Nou"dan atigi 12 mil uzoqda joylashgan bo‘lib, unda kichik futbol maydoni, suzish havzasi, yopiq sport zali va uch farzandi uchun o‘yin maydonchasidan tashkil topgan. Baleyar dengizi bilan o‘ralgan qirg‘oqdagi manzara o‘ziga xos, siz bunday go‘zallikni Parij, Manchester yoki Londonda uchratmaysiz.

Xususiy samolyoti haqida...

Bordiyu, Messi shoshilinch ish bilan safarga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘zining shaxsiy samolyotidan foydalanadi. Samolyot qiymati 12 mln. funtni tashkil qiladi va dum qismida mashhur o‘ninchi raqami belgisi tushirilgan.

Qurilma Argentinada yasalgan. Chiqish zinapoyasiga esa farzandlari - Tiyago, Chiro va Mateoning ismi bilan bezatilgan. Samolyot ichida oshxona va barcha qulayliklar muhayyo qilingan.



Mashinalari haqida...

Uning eng sevimli avtosi, qiymati 3 millionga teng bo‘lgan – Pagani Zonda!

Shuningdek, uning garajida 100 ming funtlik GranTurismo S va Gran Turismo MC  Stradale markali «Maserati»lar ham jamlangan.

Aytishlaricha, Kataloniya ko‘chalarida u ko‘pincha Ferarri F43 Spider sportkarini boshqarishni yaxshi ko‘radi. Ushbu avtomobil narxi – 173 ming funt-sterlingga teng. Bir necha yil ilgari, nemis brendi bo‘lmish, «Audi» bilan shartnoma qilingan edi. «Barselona»ning 2020 yilda kontraktni bekor qilishi, Messining ushbu gigant konsern avtolarini minmay qo‘yishiga olib kelgan.



Mehmonxonalari haqida...

Barselona shahrida turizm juda katta salohiyatga ega soha bo‘lganligi tufayli (pandemiyadan ilgari), Messi o‘z boyliklarini aql bilan yo‘naltirdi. Futboldagi raqibi Krishtianu singari, u ham mehmonxona biznesi bilan shug‘ullana boshladi. Shahardan 27 mil uzoqlikdagi Sitges qo‘rg‘oni qirg‘oqlaridan 26 millionga mehmonxona sotib oldi. To‘rt yulduzli MiM Sitges mehmonxonasi dengizdan atigi 100 m. masofada joylashgan.

Mehmonxonada bir kecha tunash narxi – 105 funt-sterling tashkil etadi. Katta qulayliklarga ega inshootning tom qismida hovuz bilan jihozlangan Sky Bar mavjud.

Ta’tillari haqida...

Mavsumlar oralig‘ida Leo obdon dam olishni odat qilgan. Asosan, oila bag‘rida kun o‘tkazadi. Dam olish uchun xususiy yaxta ijaraga olib, oilasi bilan Ibisa yoki Formenterra shaharchalariga zavq olish uchun tashrif buyuradi. 2020 yilgi ta’tilda, do‘stlari Suares va Fabregas hamda ularning oila a’zolari bilan orollar bo‘ylab sayohatga chiqqan edi. O‘shanda, ular 92 fut uzunlikdagi Seven C charter qayig‘ini ijaraga olishgan. Haftasiga 40 ming funt turadigan qayiqda barcha qulayliklar mavjud va maroqli ta’tilga mos jihozlangandi. Ilgari Messi hattoki, Karib dengizidagi hashamatli Jumby Bay'ga dam olgani borib turgan.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Kiritildi: 10:52, 04.06.2021.
O'qildi: 14281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.