Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

YEVROga tayyormisiz?!

YEVROga tayyormisiz?!

Baho:
+ | -

Ilk o‘yin: Rimda tarix to‘qnashadi.

Yevro-2020 garchi 2021 yilda o‘tayotgan bo‘lsa ham marketing e’tibori bilan o‘z nomidagi 2020 raqamini saqlab qolgan. Yevropaning 11 shahrida o‘tadigan turnirning ilk o‘yiniga ko‘hna Rimdagi “Olimpiko” mezbonlik qiladi. Unda Turkiya hamda Italiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi.

Quyida keltirilgan suratlardan ikki jamoaning to‘liq tarkibini chiziqlar bo‘ylab ko‘rishiningiz mumkin. Men tarix to‘qnashadi deganda futboldan ko‘ra umumiy tarixni nazarda tutdim. Bilasiz tarixda Rim imperiyalari bo‘lak qudratga ega bo‘lgan. Milodning 476 yili G‘arbiy Rim imperiyasi qulagan bo‘lsa, oradan ming yil o‘tib 1453 yil Konstantinopolning turklar tomonidan zabt etilishi bilan Sharqiy Rim imperiyasi ham barham topgan.

Har ikki terma jamoa ham birinchi navbatda iroda ramzi hisoblanishadi. Albatta, Italiyaning futboldagi mavqei oldida Turkiyaning natijalarini solishtirib bo‘lmaydi. Roberto Manchini boshchilik qilayotgan italiyaliklar jamoasi saralashdagi 10 o‘yinda 10 ta g‘alaba qayd etdi. Murabbiy juda izlanuvchan va ba’zida hatto “B” seriya klublari o‘yinini ham stadiondan kuzatib, termaga nomzodlar izladi. Donnarumma, Bastoni, Spinasolla, Barella, Pellegrini, Kyeza kabilar umid yulduzlari. Yevro-2020 musobaqasining “A” guruhi favoriti shubhasiz – Italiya.

Turkiya – JCH-2002 xayollari bilan o‘sha vaqtdagi bosh murabbiy Shenol Gyuneshni termaga qaytardi. Murabbiy va jamoasi saralash bosqichidagi guruhdagi raqibi Fransiyaga bosh og‘riq bo‘loldi. 10 uchrashuvda 7 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat. Syundju, Chelik, Chalhono‘g‘lu, Yazidji va Underlar ishonch yulduzlari. Jamoa birinchi navbatda ruhan kuchli hisoblanadi. O‘ta qiyin vazifalar gohida turklar tomonidan o‘ta osonlik bilan amalga oshiriladi.

Turnirning barcha o‘yinlari kabi ochilish bahsi ham Futbol TV va UzReport TV tomonidan translyasiya qilinadi. Ochilish uchrashuvidan boshlab maydonda jang bo‘lishini taxmin qilyapman. Bizni zo‘r turnir kutmoqda.

*Asli mezbon shaharlar orasida Istanbul ham bor edi. Ammo Turkiyadagi epidimiologik holat o‘yinlarni o‘tkazish uchun yaroqli deb topilmadi.

Orif Tolipov

Manba: t.me/tolipovuz
Kiritildi: 10:50, 05.06.2021.
O'qildi: 3583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.