Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Sobiq «Lester» bosh murabbiyi O‘zbekistonda yangi futbol akademiyasining ochilishi haqida: «Akademiyamiz mamlakatda futbolni rivojlantirishga yordam beradi»

Sobiq «Lester» bosh murabbiyi O‘zbekistonda yangi futbol akademiyasining ochilishi haqida: «Akademiyamiz mamlakatda futbolni rivojlantirishga yordam beradi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar

Bugun Toshkent davlat transport universitetida Angliyaning «Brooke House College football Academy» akademiyasining Toshkentdagi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda «Brooke House College football Academy» futbol akademiyasining texnik direktori, taniqli ingliz futbolchisi Miki Adams (Maykl Richard Adams), akademiyaning Toshkentdagi ijrochi direktori Shuxrat Ernazarov, o‘zbek futbolining afsonasi Birodar Abduraimov, universitet rektori Odil Abduraxmanov va bir qator san’at arboblari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab, universitet rektori Odiljon Abdurahmonov so‘zga chiqib, ushbu akademiyaning ochilish O‘zbekistonda yoshlar orasida futbolni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida oldinga tashlangan qadam ekanligi va bu ko‘plab yoshlarga yuqori imkoniyatlar eshigini ochib berishini ta’kidladi.

O‘z navbatida «Brooke House College football Academy» akademiyasining texnik direktori, «Lester», «Fulxem», «Sheffild» kabi jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Miki Adams ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Toshkentda «Brooke House College football Academy» akademiyasini ochishdan mamnunmiz. Men bu loyihani amalga oshishida katta yordam berayotgan hamkorlarimiz Shuhrat Ernazarov, universitet rektori Odil Abdurahmonovga, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Rustam Mirsaidovga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Biz bu akademiya ochilishi va endi uning faoliyat yuritishida o‘z hissasini qo‘shgan universiteti jamoasi va hamkorlarimiz bilan birgalikda bolalarning professional klubda to‘p tepishga munosib futbolchi sifatida yetishib chiqishlari ko‘p imkoniyatlar yaratmoqchimiz.

Mazkur loyihamiz markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda amalga oshirilmoqda. Umid qilamanki, akademiyamiz mamlakatda futbolni rivojlantirishda yordam beradi»,- deydi Miki Adams.

Qayd etish joiz, ushbu akademiya Akademiya 11 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilib, ularning ham jismoniy tayyorgaligi ham umumiy rivojlanishi uchun bilan munosib va qulay mashg‘ulotlar olib boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, klubda nafaqat bolalar, balki mahalliy murabbiylar ham tayyorlanadi. Shu munosabat bilan xorijlik murabbbiylar O‘zbekistonlik murabbiylar bilan ishlash uchun, ularning malakasini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan Toshkentga tashrif buyurishadi.

Shu o‘rinda, o‘zbek futboli faxriysi, «Paxtakor» jamoasi sobiq futbolchisi Birodar Abduraimov ham ushbu akademiyaning ochlishiga iliq fikrlar bildirib, o‘zbek futboli tarixida birinchi marotaba Angliya futbol akademiyasining ochilishi bilan barchani qutlagan holda, akademiyaning kelgusidagi faoliyatiga omadlar tiladi.

Tadbir so‘nggida, mehmonlarga turli esdalik sovg‘alari hamda Miki Adams imzosi tushirilgan to‘plar taqdim etildi.

Futbol akademiyasi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi saytdan topish mumkin: http://tstu.uz

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:54, 05.06.2021.
O'qildi: 3907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.