Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Luka Modrich: «Evropa chempionatining birinchi o‘yinida Angliyaga qarshi «Uembli»da o‘ynash eng yomon holat»

Luka Modrich: «Evropa chempionatining birinchi o‘yinida Angliyaga qarshi «Uembli»da o‘ynash eng yomon holat»

Baho:
+ | -

Xorvatiya yarim himoyachisi Luka Modrich Yevro-2020da Angliyaga qarshi o‘yinga bo‘lgan taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men har doim optimistman va Xorvatiya keyingi bosqichga chiqadi deb o‘ylayman, ammo biz bu safar juda qiyin guruhga duch keldik. Birinchi uchrashuvni "Uembli"da Angliyaga qarshi o‘tkazamiz, bu juda ko‘p narsadan dalolat beradi.

Bu haqiqiy final, chunki musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlasangiz, ikkinchi o‘yin oldidan juda qiyin vaziyatga tushib qolishingiz mumkin - xatoga yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Musobaqani bu tarzda boshlash eng yomon variant. Bu uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lmasligimizni bilamiz. Agar biz o‘z o‘zimizni majburlay olsak, g‘alaba qozonishimiz mumkin, men bunga aminman.

Musobaqa g‘olibligi uchun aniq favoritni ko‘rmayapman, shuning uchun uni Xorvatiya ham yutishini istisno etmayman. Biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz», - dedi Modrich.

Xorvatiya 13 iyun kuni guruh bosqichida Angliyaga qarshi o‘ynaydi, so‘ngra Chexiya (18 iyun) va Shotlandiya (22 iyun) bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 05:14, 06.06.2021.
O'qildi: 2463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик