Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

JCH-2022 saralash. O‘zbekiston Singapurni tor-mor etdi

JCH-2022 saralash. O‘zbekiston Singapurni tor-mor etdi

Baho:
+ | -1

Jahon chempionatining saralash bosqichi "D" guruhi uchrashuvlari Saudiya Arabistonida tashkil etilganidan xabaringiz bor. O‘zbekiston terma jamoasi bugun Ar-Riyodda o‘zining dastlabki bahsini o‘tkazdi. Vadim Abramov shogirdlari Singapurga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Vakillarimiz tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Aliboyevning chiroyli uzatmasidan keyin Masharipov 10 metrlardan aniq zarba yo‘lladi. To‘p esa ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi.

Bahsning 35-daqiqasiga kelib Jaloliddinning o‘zi ikkinchi marta Singapur darvozasini zabt etdi. Dastlab Shomurodovning yakkama-yakka vaziyatda yo‘llangan zarbasini raqib posboni qaytardi, qaytgan to‘pni esa Masharipov egalladi va aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘lim davomida 3ta imkoniyatdan foydalana olmagan Shomurodov esa qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘z maqsadiga erishdi. Eldor qanotdan yetkazilgan uzatmani ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va o‘ng oyoqda zarba berib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida gol urish navbati Odil Ahmedovga keldi. Terma jamoamiz qarshi hujum tashkil qildi. Alijonovning uzatmasidan keyin sardorimiz jarima maydoniga kirdi hamda yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni dog‘da qoldirdi.

O‘yin so‘ngida esa Ahmedov jarima maydoniga uzatma berayotgan paytda to‘p Singapur himoyachisi Fandining boshiga tegib, to‘rga borib tushdi — 5:0.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 12taga yetkazib oldi.

JCH-2022 saralash. Osiyo mintaqasi, 2-bosqich. 8-tur
O‘zbekiston - Singapur - 5:0 (3:0)
Gollar: Jaloliddin Masharipov (6, 35), Eldor Shomurodov (45+2), Odil Ahmedov (50), Fandi (89-avtogol)
O‘zbekiston – Sanjar Quvvatov, Husniddin Aliqulov (Hojiakbar Alijonov 45), Umarbek Eshmurodov,  Islomjon Qobilov, Oleg Zoteev, Otabek Shukurov (Odil Hamrobekov 55), Odil Ahmedov, Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov (Farrux Ikromov 55), Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov 46, Temurxo‘ja Abduxoliqov 60), Eldor Shomurodov
Singapur – Izvan Mahbud, Mamdxu Moxana, Bayxakki Xayzan, Shakir Xamza, Nazrul Nazari, Shahdan Sulaiman, Zulfaxmi Arifin, Xafiz Sujad, Xazzuvan Xalim, Faris Ramli, Yasir Xanapi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:54, 08.06.2021.
O'qildi: 11066 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик