«Napoli» klubining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Barselona» haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Italiyalik mutaxassis, ayniqsa, Kataloniya klubining «La Masiya» akademiyasi faoliyatiga yuqori baho berdi.
«Barselona»mi? Ular aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda.
«La Masiya»dan yetishib chiqqan yosh futbolchilarning 18 yoshidayoq «Barselona»dek buyuk klubning asosiy tarkibiga shunchalik tabiiy ravishda qo‘shilib ketayotganini ko‘rish hayratlanarli.
Ular stadiondagi yuz ming nafar muxlis qarshisida hech qanday qiyinchiliksiz, erkin va ishonch bilan futbol o‘ynamoqda.
Bularning barchasi yoshlar akademiyasida sahna ortida qanchalik katta mehnat qilinayotganini ko‘rsatadi. Chunki u yerdagi mutaxassislar asosiy jamoa bosh murabbiyi bilan o‘zaro hamjihatlikda ish olib boradi.
Men «Barselona» akademiyasiga tashrif buyurishni juda istardim. U yerda mukammal tizim mavjud. Eng muhimi, bu tizim asosiy jamoa bilan to‘liq muvofiqlashtirilgan», — dedi Konte The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Ayni paytda «Barselona» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Kataloniyaliklar 10 oktyabr kuni chempionatning 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Xetafe»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.













