Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Jek Grilish haqida nimalarni bilasiz?

Jek Grilish haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi a’zosi va "Aston Villa" klubi futbolchisi Jek Grilish bolaligidan boshlab Irland madaniyati va futbol muhitida ulg‘aygan. Uning uchun muhim lahzalar yaqinlashmoqda. Grilishda qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘zini ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Agarda bir paytlar u Angliya emas, balki Irlandiya termasini tanlaganida hozir YEVROni o‘tkazib yuborayotgan bo‘lar edi. Ko‘plab futbol mutaxassislari ushbu nufuzli chempionatda aynan Grilishning porlashiga ishonch bildirmoqdalar. Ko‘pchilik uni bu borada 1990 yil Italiyada o‘tkazilgan Yevropa chempionatida yorib chiqqan o‘z davrining yorqin yulduzi, Angliya termasi a’zosi – Pol Jon Gaskoynga qiyoslashgan. Albatta, Angliya terma jamoasining eng muhim chizig‘idan birida to‘p surayotgan 25 yoshli futbolchi raqiblar uchun haqiqiy bosh og‘riq bo‘lishi, katta ehtimol.

Olti yoshligidayoq "Aston Villa" bolalar akademiyasiga olingan pleymeker, Irland futboli uslubida saboqlar oladi. Bu voqelik uning otasi xohishlari bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lgan. Grilish keyinchalik, katta bobosi izidan "uch sherlar" vakiliga aylanib, «Villa»ning haqiqiy yetakchisi bo‘la oldi.

Jek Grilish 1995 yilda asli irlandiyalik bo‘lgan, ota-onasi Kevin va Karen Grilishlar oilasida tavallud topgan. Bolaligi asosan Solihul shaharchasida o‘tgan. O‘sha davrdanoq o‘zining sevimli Birmingem shahri klubiga muxlislik qilarkan, oliy maqsadi shu jamoa libosida maydonda to‘p tepish bo‘lib qoladi. Mavsum yakunlangach, yozgi ta’til vaqtlarida o‘z uyida irland futboli uslubini sevib o‘rgana boshlaydi. "Krok Park" o‘yingohida mashg‘ulotlar o‘tkazadi. 2009 yilda Grilish «Dublin» va «Kerri» klublari o‘rtasida o‘tkazilgan Butun Irlandiya futbol birinchiligining yarim finalida o‘sha stadion "Krok Park"da gol urishga muvaffaq bo‘lib, o‘zini ko‘rsatadi. Aynan o‘sha paytlardayoq uning irland futboli uslubidagi o‘yinni sevishi sezila boshlaydi.

O‘zi bu haqida Birmengem Live’ga bergan intervyusida shunday deydi: "Yoshligimdan futbol meni rom etgan. Boshqa sport turlariga qiziqishlarim mavjud emasdi. Men irlandcha futbolni yaxshi ko‘rar edim. Siz bu futbol ichida o‘ynar ekansiz, oyoqlaringizda to‘pni qo‘ldagiday olib yurishingiz va u bilan birga yugurishingiz kerak. Keyinchalik, 13 yoshimda «Villa»dagi murabbiyim qo‘pol o‘yinim sababli, mendan bu uslubdan voz kechishimni so‘radi. Shundan so‘ng, 15 yoshimdan boshlab, boshqacha o‘yin uslubiga o‘ta bordim".

Grilishning shu paytgacha xalqaro maydonda namoyish etib kelgan o‘yinlari ham o‘ziga xos edi. Xususan, Irlandiyaning U17, U18, va U21 terma jamoalarida Martin O’Nil boshchiligida porlab chiqqan. Grilish 2015 yilning sentyabr oyida bosh murabbiy O’Nil tomonidan terma jamoaga xalqaro turnir uchun tanlab olinmaydi. Bu esa o‘sha vaqtlarda Angliya U21 termasi ustozi Garet Sautgeytga qo‘l keladi. U darhol o‘yinchining fuqaroligini tasdiqlatib, jamoaga chaqirtirib oladi. So‘ng, o‘sha yili o‘tkazilgan Tulon turnirida Angliya U21 safida debyut o‘yinini o‘tkazadi.

Grilish har safar Angliya termasi libosini kiyganda, onasi tomonidan katta bobosi ismini yodga oladi. Bobosi Billi Garrati ajoyib hujumchi edi. U 1898-1908 yillar mobaynida "Aston Villa" tarkibida 260ta uchrashuvda maydonga tushib, 112 golga muallif bo‘lgan. 1903 yili esa Angliya termasi safida Uelsni mag‘lubiyatga uchratib, xalqaro turnirda zafar quchgan. 1905 yili Angliya kubogi finalida «Villa» safida harakat qilib, «Nyukasl»ni 2:0 hisobida taslim etgan va musobaqa g‘olibiga aylangan. Grilishga katta bobosi qayd etgan natijalarga erishishga hali ancha bor bo‘lsa ham, u bu uchun doimo harakat qiladi.

Xayriya. «Villa» klubi kattalar tarkibida 2014 yilda, 18 yoshida debyut qilgan yarimhimoyachi, yaxshilik qilishdan hechqachon charchamaydi. U doimo Birmingem jamoasida va uning atrofida xayriya ishlari bilan mashg‘ul. O‘tgan yozda futbolchi, NHS’ga beg‘araz yordam doirasida mablag‘ to‘plashda yordam berdi. Grilish eski futbolkalarini arzon narxlarda sotib, 55 ming funtdan ko‘proq mablag‘ to‘plashga erishdi va mablag‘ning barchasini kasalxonaga topshirdi.

Shuningdek, Jek koronavirus pandemiyasi avj olgan paytlarda shifoxonalarga 150 ming funt-sterling xayriya qilgani aytilgan.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:08, 08.06.2021.
O'qildi: 4930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.