Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Mbappe "PSJ"da qoladi. Faqat...

Mbappe "PSJ"da qoladi. Faqat...

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe klub yozgi transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirsa, shartnomasini uzaytiradi, deb xabar bermoqda Le Parisien.

 

Manbaning xabariga ko‘ra, Mbappe barcha sovrinlarni yutmoqchi, shu sababli u jamoani kuchaytirish uchun kafolat talab qiladi. Forvard Yevro-2020dan keyingi kelajagi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Mbappening "PSJ" bilan shartnomasi 2022-yil yozigacha amal qiladi. Agar tomonlar rozi bo‘lmasalar, unda parijliklar futbolchini sotib yuborishlari kerak, aks holda bir yildan so‘ng u tekinga ketadi.

 

O‘tgan mavsum 22 yoshli Mbappe "PSJ" tarkibida barcha turnirlarda 47 uchrashuv o‘tkazgan, 42 gol urgan va 11 golga uzatma bergan

Kiritildi: 22:33, 08.06.2021.
O'qildi: 5675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик