Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Temur Kapadze: «Bugun o‘yinimiz bo‘yicha g‘alabaga haqli edik»

Temur Kapadze: «Bugun o‘yinimiz bo‘yicha g‘alabaga haqli edik»

Baho:
+ | -

«Olimpik» — «Neftchi» (3:0) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Albatta kam sonli bo‘lsa ham jamoamiz muxlislarini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. O‘tgan uchrashuvdan so‘ng bir oz kayfiyatim yo‘qroq edi. Kamchiliklarni ko‘rib chiqib bu o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rdik. Bugun ko‘rsatgan o‘yinimiz bo‘yicha g‘alabaga haqli edik deb o‘ylayman.

— O‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyatga sabab sifatida Ukrainada tashkil etilgan turnirni sabab qilib ko‘rsatish mumkinmi?
— Yo‘q, bu yerda adaptasiya, ya’ni moslashishning o‘rni muhim. U yerdagi va Toshkentdagi ob-havoda farq bor. Shaxsiy fikrim, ob-havoga moslashish ta’sir qildi. «Dinamo» ham yaxshi kurashdi deb o‘ylayman. Aytib o‘tganimdek, har bir o‘yin yigitlarga tajriba bo‘lmoqda.

— «Lokomotiv»da jamoani qiyin vaziyatda boshqaruvni olgandingiz. O‘shanda ham bugungi kabi himoyaga e’tibor qaratib sifatli uzatmalar asosida o‘yin tashkil etgandingiz...
— Bilasizmi, o‘yin uslubi raqibga bog‘liq. «Neftchi» uzun paslar evaziga o‘yin tashkil etmoqda. Bunaqa holatda pressing tashkil  qilishning foydasi yo‘q. Biz vaziyatlarni kutdik va tezkor qarshi hujumga o‘tdik. Issiq ob-havoda kuchni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rni muhim.

— «Olimpik» birinchi bo‘limda ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynadi. Taktik ko‘rsatma shunday edimi?
— Yo‘q, aytib o‘tganimdek katta kuch bilan oldinga borishning foydasi yo‘q edi. Biz vaziyatni kutdik, raqibning har bir uzatmasiga tayyor turdik.

— 9-raqamli futbolchi (Temur Mamasidiqov nazarda tutilmoqda)da uzatma berishni hohlamayotgandek ko‘rindi. Ba’zi vaziyatlardan u foydalana olmadi...
— Temur Mamasidiqov o‘yindan-o‘yinga o‘sib bormoqda. U bugun ham yaxshi o‘ynadi, gol ham urdi. Kerak vaziyatda uzatma ham berdi. Bu yosh futbolchilarda kuzatiladigan xolat. Raqib posboni ham ko‘plab vaziyatlarda zarbalarni qaytardi. Ishlashda davom etamiz, yosh futbolchilarimiz bu kabi o‘yinlarda tajriba to‘plab borishadi.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 23:59, 08.06.2021.
O'qildi: 3187 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.