Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alba: "Qayerdan bunday hujumchini topishingiz mumkin?"

Alba: "Qayerdan bunday hujumchini topishingiz mumkin?"

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Jordi Alba Luis Suaresning «Atletiko»ga o‘tishi haqida gapirdi.

«Suares «Barselona»ga juda ko‘p ijobiy narsalar berdi va biz uni deyarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib bo‘lgan "Atletiko"ga berib yubordik. Va oxir-oqibat ular chempion bo‘lishdi. Bu men uchun yoqimsiz holat. Qayerdan bunday hujumchini topishingiz mumkin?

Ko‘plab yolg‘on ma’lumotlar aytildi, tasdiqlanmagan narsalar ko‘p bo‘ldi. Suaresdagi potensial juda zo‘r edi, u bizning jamoamizga juda mos tushardi va shu paytgacha stabil sermahsullik namoyish etib kelgan», - deydi Alba.

Eslatib o‘tamiz, Suares «Barsa»da 2014 yildan 2020 yilgacha o‘ynagan. Klub tarkibida urugvaylik 13 ta sovrin yutdi.

Kiritildi: 09:03, 11.06.2021.
O'qildi: 9558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.