Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Yevropa terma jamoalari orasidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Yevropa terma jamoalari orasidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Baho:
+ | -

2020 yildagi pandemiya voqealari Yevropadagi ko‘pgina chempionatlarning biroz vaqtga to‘xtab qolishiga olib keldi. Qolaversa, o‘tgan yilning yoz oyida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Yevro-2020 musobaqasi ham bir yilga kechikdi. Shu sababli, ko‘pgina rekordlar yangilanmay qoldi deyish mumkin. Xususan, terma jamoa safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha bir nechta futbolchilar yangi-yangi marralarni bosib o‘tishi mumkin edi. Hozir esa, biz sizlar bilan aynan yashil qit’a hududi terma jamoalari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 7ta futbolchi haqida suhbat quramiz.


7. Lotar MATTEUS - Germaniya terma jamoasi safida 150 uchrashuv

Afsonaviy Lotar Matteus Germaniya terma jamoasi safida,  GFR va GDR terma jamoalari alohida bo‘lganda  o‘ynagan boshladi. Futbolchi G‘arbiy Germaniya termasi safida debyut uchrashuvini 1980 yilda o‘tkazgan. Yigirma yil davomida Lotar milliy jamoada 150 uchrashuv o‘tkazgan va ushbu bahslarda 23 ta gol urishga erishgan. Shu bilan birga, Matteus terma jamoa bilan g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan ikkita nufuzli sovringa ega bo‘ldi. 1980 yilda nemislar Yevropa chempionligini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, o‘n yildan so‘ng ular jahon chempioni bo‘lishni uddalashdi. Aytgancha, 1990 yildagi g‘alabasidan so‘ng Lotar Matteus dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Oltin to‘p sohibiga aylandi.

Matteus futbolchilik faoliyatini 2001 yil boshida AQSHning "Nyu-York MetroStars" jamoasi safida yakunlagan, hozirda ushbu klub "Nyu-York Red Bulls" nomi bilan mashhur. Shundan so‘ng, u murabbiy sifatida ishlay boshladi, ammo bu sohada katta yutuqlarga erisha olmadi. 2011 yilda Matteus Bolgariya terma jamoasi murabbiyi lavozimini tark etdi, shundan keyin sobiq futbolchi ushbu sohadagi faoliyatidan voz kechishga qaror qilgan.

6. Martin REYM - Estoniya terma jamoasi safida 157 uchrashuv

Estoniya terma jamoasi futbol olamidagi jiddiy yutuqlari bilan maqtana olmaydi, ammo aynan terma jamoa safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yuqori natijaga erishgan futbolchiga ega. Gap ushbu terma jamoaning sobiq yarim himoyachisi Martin Reym haqida ketmoqda. U Estoniya SSSR tarkibida bo‘lgani paytda, futboldagi ilk qadamlarini qo‘ygan. Ammo Reymu Boltiqbo‘yi davlati mustaqillikka erishganida, ya’ni 1992 yilda milliy jamoasi safida debyut qila oldi. Umuman olganda, Martin Estoniya safida 157 uchrashuv o‘tkazgan. Bu natija ushbu mamlakat futbolchilari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Reym mazkur uchrashuvlar doirasida 14ta gol urishga erishgan.

Reym 2009 yil boshida "Flora" klubi safida futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Bir yildan keyin esa ushbu jamoaning murabbiyi sifatida ish boshlagan. Qizig‘i shundaki, 2012 yil kuzida "Flora"dan ketganidan so‘ng, Martin tez orada Estoniya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan. Keyinchalik, 2016 yildan, 2019 yilgacha Reym o‘z mamlakatining asosiy  jamoasida murabbiy bo‘lib ishlagan. Hozirda 49 yoshli Reym klubsiz va yangi takliflarni kutmoqda.

5. Iker KASILYAS - Ispaniya terma jamoasi safida 167 uchrashuv

Iker Kasilyas katta futbol olamiga g‘ayritabiiy holatda kirib keldi. Ya’ni, Iker 2000 yilda "Real" bilan birga Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi va ko‘p o‘tmay 19 yoshida Ispaniya terma jamoasida debyut qildi. Shunindek, o‘sha mavsumda "qizil furiya" tarkibida Yevro-2000 musobaqasiga bordi. Ammo, asosiy darvozabon emas, balki zaxira posboni sifatida Ispaniya terma jamoasi safida edi. Keyinchalik, aynan Kasilyas ko‘p yillar davomida terma jamoasining lagerida 1-raqamli darvozabon sifatida o‘ynab keldi va "qizil furiya" tarkibida ikki marta Yevropa chempionatida, shuningdek bir marta Jahon chempionatida g‘oliblikka erishdi. Yevro-2016 musobaqasidan so‘ng, Iker terma jamoadan ketishini e’lon qildi. Hozirda uning o‘rnida David de Xea maydonga tushib kelmoqda.

Ammo, Kasilyas klubda faoliyatini o‘tgan yilning yozigacha davom ettirdi. U "Real" safidan ketgandan keyin, so‘nggi besh yilni "Portu" klubida o‘tkazdi. Ammo, yurak kasalligi muammolari tufayli 2019/20 yilgi mavsumda, deyarli maydonga tushmadi. Shundan kelyin, klubdagi karerasini ham tugatishga qaror qildi. Hozirda 39 yoshli Iker "Real" prezidenti Florentino Peresning maslahatchisi hisoblanadi. Sobiq darvozabon o‘tgan yilning dekabr oyidan beri ushbu lavozimda faoliyat olib bormoqda.

4. Vitaliy ASTAFYEV - Latviya terma jamoasi safida 167 uchrashuv

Vitaliy Astafyev futbolchilik faoliyatini SSSR partchalanib ketishidan biroz oldin, hozir tarqatib yuborilgan Riganing "Pardaugava" jamosi safida boshlagan. Keyinchalik futbolchi Angliyada "Bristol Rovers", Avstriyaning "Admira Vasker" va Rossiyada "Qozon Rubin" jamoalarida o‘ynagan. U Latviya terma jamoasida 1992 yildan o‘ynay boshlagan. O‘sha yilning avgust oyida 1994 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Daniya terma jamoasiga qarshi (0:0) uchrashuvda o‘zining terma jamoadagi debyut o‘yinini o‘tkazgan. Vitaliy Latviya terma jamoasi safida jami 167 uchrashuvda maydonga tushib, 16 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Astafyev Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasidagi terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.

Astafyev Latviya terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini 2010 yilning noyabrida o‘tkazgan. Shu bilan birga, klubdagi faoliyatini ham tugatgan. Sobiq futbolchi tez orada "Skonto" jamoasida bosh murabbiy yordamchisiga aylandi. Uch yil davomida ikkinchi raqamli murabbiy bo‘lib ishlab kelgan. 2014 yil yozida Vitaliy "Elgava" jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib, Latviya kubogida zafar quchishga erishgan. Murabbiy hozirda ishsiz bo‘lib, o‘ziga munosib jamoa qidirmoqda.

3. Krishtianu RONALDU - Portugaliya terma jamoasi safida 173 uchrashuv

Krishtianu Ronaldu haqida ko‘p gapirishning hojati yo‘q. Chunki uning ajoyib karerasi futbolga qiziqadigan har bir kishiga ma’lum, shuning uchun portugaliyalik yulduz haqidagi asosiy faktlar haqida fikr yuritamiz. Portugaliya terma jamoasi safida Ronaldu debyutini 2003 yilning avgustida, atigi 18 yoshligida o‘tkazgan. Keyinchalik yosh Krishtianu Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining 65-daqiqada uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qilgan, shuningdek milliy jamoa safidagi debyut golini kiritishni uddalagan.

O‘shandan beri Ronaldu Portugaliya tarkibida 173 uchrashuv o‘tkazdi va o‘z hisobiga 104 golni yozdirib qo‘yishga erishdi. Krishtianu terma jamoasi bilan 2016 yilda Yevropa chempioni bo‘ldi, shuningdek, 2019 yilda Millatlar Ligasining birinchi g‘olibiga aylandi. 36 yoshli Ronaldu ayni damda Turinning "Yuventus" klubida o‘ynab kelmoqda. Qolaversa, Portugaliya jamoasida ham faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek, Krishtianu bu yil Yevropa chempionatida ham qatnashmoqda. Katta ehtimol bilan futbolchi 2022 yilda Qatarda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan mundialdan keyin termadan ketishi mumkin.


2. Janlujji BUFFON - Italiya terma jamoasi safida 176 uchrashuv

Bizning reytingimizda yana bir darvozabon Janlujji Buffon ham joy olgan. Italiyalik posbon ham, xuddi hamkasbi Iker Kasilyas singari 19 yoshida o‘z terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. O‘shandan beri uning faoliyati doimo OAV vakillari tomonidan e’tiborda bo‘lib keladi. Italiya terma jamoasi safida Buffon 176 uchrashuvda maydonga tushib, 2006 yilda terma jamoa bilan jahon chempioni, shuningdek 2012 yilda Yevropaning vise-chempioniga aylandi.

Italiya terma jamoasidagi faoliyatini Buffon 2018 yilning bahorida yakunlagan. Apennin oroli vakillari JCH-2018 musobaqasining final bosqichiga chiqa olmadilar va shu sababli faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdilar. Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlaridan biri, ya’ni Argentinaga qarshi kechgan o‘yin, Buffon uchun so‘ngi xalqaro uchrashuv bo‘lib tarixda qoldi. Lekin, mahoratli darvozabon klubidagi faoliyatini hozirgacha davom ettirib kelmoqda. Janlujji ayni paytda "Yuventus"ning ikkinchi raqamli posboni hisoblanadi.

1. Serxio RAMOS - Ispaniya terma jamoasi safida 178 uchrashuv

Serxio Ramos o‘n to‘qqiz yoshga to‘lishiga bir necha kun qolganida Ispaniya terma jamoasidagi debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shandan beri ushbu himoyachi muntazam ravishda "qizil furiya" o‘yinlarida ishtirok etib kelmoqda va 179ta uchrashuv o‘tkazib, xalqaro miqyosda 23ta gol urishni uddalagan. Ramosning Ispaniya terma jamoasi bilan erishgan asosiy yutuqlari, 2010 yilgi Jahon chempionati va 2008 va 2012 yillardagi Yevropa chempionatlaridagi g‘alabalar hisoblanadi.

Bir necha oy oldin, 35 yoshini qarshi olgan Ramos "Real" safida ajoyib o‘yinlar o‘tkazib kelmoqda. Afsuski, Serxio Yevro-2020 musobaqasida qatnasha olmayapti. Ispaniya term ajamoasi murabbiyi Luis Enrike uni yakuniy tarkibga kiritmadi. Ramos yaqin yillar ichida nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda ham rekordchiga aylanishi mumkin edi. Chunki, Serxio mart oyida Gresiyaga qarshi o‘yinda "qizil furiya" safidagi 179-uchrashuvini o‘tkazdi va dunyodagi milliy terma jamoalar safidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Mazkur ko‘rsatgich bo‘yicha rekord misrlik Ahmad Hassanga tegishli. Ayni paytda Ahmadning hisobida 184 uchrashuv mavjud. Serxio Ramos esa ushbu rekordni yangilash uchun, bor yo‘g‘i 5 ta o‘yin o‘tkazishi talab etilardi. Afsuski, bu Ramos uchun armon bo‘lib qolishi mumkin. 

Kiritildi: 20:00, 12.06.2021.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.