Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Rossiya darvozasini ishg‘ol qildi va uni Kristian Eriksenga bag‘ishladi.
- Kris, men seni sevaman! - deya golni nishonladi Romelu.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku va Eriksen «Inter»da birga o‘ynashadi.
Avvalroq, Eriksen Daniya terma jamoasining Finlyandiyaga qarshi o‘yinida o‘zini yaxshi his qilmagandi va hozir futbolchi kasalxonada.