Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Zidan nega «Real»dan ketdi? Anchelottini Madridda nimalar kutyapti?

Zidan nega «Real»dan ketdi? Anchelottini Madridda nimalar kutyapti?

Baho:
+ | -

Zinedin Zidan ishdan ketish haqida gapirmayotgan edi - u irodali odam. Ammo uning ishdan bo‘shatilishi klubda ishlaydiganlarni zarracha ajablantirmadi. Chunki, ular bunday bo‘lishini avvaldan bilishar edi.

Albatta, mavsum boshida emas. Fransuz mutaxassisi 2020 yilda La ligada g‘alaba qozonganidan so‘ng, uning ketishiga ishonganlar kam edi. Hatto, Prezident Florentino Peres ham yangi qidiruvlarni boshlashdan ko‘ra u bilan til topishish osonroq ekanligini tushundi. Ammo mavsum qanchalik, shunchalik uzoq davom etgan bo‘lsa, Zidan shunchalik charchagan. Shubhasiz, yangi kovid asoratlari unga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Qanday bo‘lmasin, «Real» mavsumni yaxshi o‘tkazdi. Biroq avvalgi jamoadan ko‘ra kuchli emasdi. Eng yomoni, bosh murabbiy hech qachon rahbariyat uning tarafida bo‘lmasligini bilardi.

Fransuz qo‘lidan kelganini qildi: jarohat va yo‘qotishlar ko‘p bo‘lsa-da, mavsum so‘nggiga qadar sovrinlar uchun kurash olib bordi.

Ammo Zidan jamoaning ruhiyatini ko‘tarishga qanchalik urinmasin, javoban faqat tanqid eshitdi. Sadoqatli muxlislarning ko‘magisiz u ommaviy axborot vositalaridan faqat iddaolarni qabul qilib oldi, jurnalistlar uning yoshlarga o‘yin amaliyoti bermasligini yoqtirishmaydi.

May oyining boshlarida, Zidan tez orada «qaymoqranglilar» murabbiyligidan ketishi haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi, ammo murabbiyning o‘zi hammasini rad etdi. Mavsum o‘z nihoyasiga yetgach, madridliklar sovrinsiz qolishdi. Besh kundan keyin Zizu ketishini e’lon qildi. Yana...

Aksariyat futbol mutaxassislari va muxlislar ajablanishdi. Peres bilan hammasi joyida: u hammasini oldindan bilar edi. Hatto yangi murabbiyni qidirish so‘nggi o‘yindan ikki hafta oldin boshlanganligi haqida ma’lumotlar mavjud.

Islohotlar allaqachon rejalashtirilgan edi. Jamoa baxtiga, murabbiy masalasini tezda hal qilishdi va Karlo Anchelotti «Everton»dan olib kelib, bosh murabbiy lavozimiga qaytarishdi.

Jamoani kuchaytirish haqida nima deyish mumkin? Bu yerda hammasi Kilian Mbappening atrofida qurilishi kutilyapti. Kilian «Real»ning ushbu transfer oynasidagi asosiy maqsadi. Hattoki, hujumchidan yaqinda «Real Madrid» umuman boshqacha bo‘lishiga ishontirib, yangi shartnoma imzolamasligi so‘ralgan.

Zidan YECHL kubogi ketma-ket 3 mavsum qo‘lga kiritilgach, Ronaldu bilan birga jaioani tark etdi. Bir mavsumlik passiv o‘yindan so‘ng, zidan jamoaga qaytarildi va «Chelsi»dan Azar transfer qilindi. Biroq uning jarohatlar sabab o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi Mbappening olib kelinishini tezlashtirayotgan edi.

Millionlab fransuzlarning suyuklisi Madriddan ketgach, jamoa yangilanishi kutilyapti.

Yana bir og‘riqli mavzu qolmoqda - Eden Azar. Uni «Chelsi»ga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda va o‘zi ham Madridda faoliyatini davom ettirishdan unchalik mamnun emas. Ammo u faqat o‘zini ayblashi mumkin - Londondan ko‘chib o‘tgach, juda yomon o‘yin ko‘rsatdi va hatto doimiy ravishda jarohat oldi. Biroq, u Zizuning ketishiga motam tutmaydiganlardan biri - u hech qachon Zidanga ishonmagan.

«Chelsi» bilan YECHL yarim final uchrashuvidan so‘ng, sobiq jamoadoshlari bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng Azarni Madridda yomon ko‘ruvchilar soni ko‘paydi. Sezilarli darajada.

Belgiyalik anchadan beri maydonda ko‘proq erkinlikni talab qilmoqda. Zidanning ko‘rsatmasi tufayli u erkin o‘ynay olmadi, natijada futbolchi o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi. Anchelotti bilan qanday bo‘ladi, shu savol ochiq qolmoqda.

Azar Mbappe transferining bir qismi bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Yangi mavsumda asosiy tarkibni nima kutayotgani ham noaniq. Serxio Ramos, Rafayel Varan, Marselo va Isko ketishi mumkin, Luka Yovich, Martin Edegor va Danni Ceballyos ijaradan qaytadi. Yangi murabbiy oldiga birinchi tarkibni tanlashdek ulkan vazifa qo‘yiladi. Katta ehtimol bilan, bu yangi noroziliklar keltirib chiqarishi mumkin. Vinisius va Rodrigolarning maydondagi vazifalari o‘zgarishi mumkin.

Karim Benzema atrofida quriladigan asosiy tarkib sovrinlar uchun kurashishi mumkin. Axir Anchelotti 12 yil kutilgan YECHL kubogini jamoaga qaytargandi.

Zidan ketganidan keyin «Real» antiqa vaziyatga tushib qoldi. Hech qanday muammo yo‘qdir, ammo umidsizlik muhiti sezilib turibdi. Jamoa qay darajada o‘zgaradiyu, kimlar transfer qilinadi hozircha bularni tahmin qilish imkonsiz.

Biroq shunisi aniqki, «Qirollik klubi» katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Barchasi Yevropa chempionati yakuniga yetgach ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 00:35, 14.06.2021.
O'qildi: 7491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.