Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Tajriba va tavakkal talofati yoki hazm qilolmaydigan sharmandalik

Tajriba va tavakkal talofati yoki hazm qilolmaydigan sharmandalik

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi tarixida yana bir antirekord kuzatildi. Hozirga qadar termamiz jahon chempionati saralashini bu qadar sharmandali tarzda yakunlamagandi. Ikkinchi bosqich yakunidayoq navbatdagi mundial orzulari sarobga aylandi. Oxirgi umid Saudiya Arabistoniga qarshi bahsdan edi. Jamoamizdan bor-yo‘g‘i yutqazmaslik talab etilardi. Ammo afsuski...

Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan bahs arafasida termamiz eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin egalaridan biri sifatida keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab turgandi. Lekin so‘nggi imkoniyat ham ko‘kka sovurildi.

Tarkibda tajribalar o‘tkazishga moyil Vadim Abramovning mazkur uchrashuv uchun tanlagan futbolchilar ro‘yxati barchani birdek hayratga soldi. Avvalgi mundiallar saralashida ham ko‘plab e’tirozlar, bahs-munozaralarga sababchi bo‘lgan Oleg Zoteev yana maydonga tushirildi. E’tiborlisi, uning aynan qaysi pozisiyadan joy olgani haqiqiy jumboqqa aylandi, zero chap qanot himoyasida Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p surardi. Kutilganidek, Zoteev maydonda yo‘qolib qoldi, uning vazifasi nimadan iborat ekanligini baribir, tushunib bo‘lmadi: na mudofaada tayinli ishni bajardi, na boshqa pozisiyadagi sheriklariga ko‘maklashdi. Shunga qaramay, u 90 daqiqa to‘p surdi...

Boshqa futbolchilar masalasida ham Abramovga savollar bisyor. Nega so‘nggi paytlarda o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Odil Ahmedovni mudofaa markaziga qo‘ydi? Odil Hamrobekov va Ikrom Aliboyev singari futbolchilarning hali yirik o‘yinlarga tayyor emasligini nahotki avvalroq payqamagan bo‘lsa? Nima sababdan ixtiyorida Oybek Bozorov va Farrux Ikromov singari tezkor futbolchilar bor paytda bu imkoniyatdan ertaroq foydalanmadi? Nahotki, o‘zbek futbolining saviyasi shu qadar sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilarli darajada pasayib ketgan bo‘lsa?

Ha, saralashning bu davrida javobgarlik to‘liq bosh murabbiy zimmasida. Bu safar biz aynan Abramovning tushunarsiz tajribalariyu, tavakkal qarorlaridan talafot ko‘rdik...

Bevosita Saudiya Arabistoni bilan o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda mezbonlar har taraflama ustunlikka erishishdi. 25-daqiqada Odil Ahmedovning to‘p uchun kurashda raqibiga imkoniyatni boy berishi Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvoza oldida xavfli vaziyat yaratilishiga olib keldi. Oqibatda, darvozabon qarshisida yolg‘iz qolgan Salmon al Faraj hisobni ochdi - 1:0. 32-daqiqada saudiyaliklar sardori o‘z «dubl»ini nishonladi.

Garchi ikkinchi bo‘limda vakillarimiz biroz faollikni oshirgan bo‘lsalarda, navbatdagi gol ham aynan termamiz darvozasiga urildi. 51-daqiqada Ali al Hassan o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning qolgan qismida futbolchilarimizning barcha urinishlari besamar yakunlandi va milliy jamoamiz saralashning mazkur siklini sharmandali mag‘lubiyat bilan yakunladi.

O‘zbekiston termasi o‘z guruhida 15 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egalladi. Lekin bu ko‘rsatkich 2-o‘rin bilan keyingi bos­qichga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi va bosh jamoamiz o‘z tarixida ilk marta jahon chempionati saralashining 2-bos-qichidayoq kurashni to‘xtatdi.

Endi termamiz Osiyo kubogi-2023 musobaqasi navbatdagi saralash raundidagi ishtirok bilan kifoyalanadi.

Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston - 3:0 (2:0)

Gollar: Salmon al Faraj (25, 33), Ali al Hassan (52).

Saudiya Arabistoni: Muhammad al Ovays, Sulton al G‘anim, Abdulla Madu, Yosir al Shahroni, Hassan at Tambakti (Muhammad al Qabrani, 78), Salmon al Faraj,  Ali al Hassan (Sami an Naji, 54), Ibrohim Otayf, Xolid ash Shahri (Firas al Birakan, 64), Abdulloh G‘arib (Saud Abdulhamid, 78), Muhammad Xalil Al Ovays.

O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Odil Hamrobekov (Ikrom Aliboyev, 54), Otabek Shukurov, Odil Ahmedov (Islom To‘xtaxo‘jayev, 80), Jaloliddin Masharipov, Oleg Zoteev, Eldor Shomurodov, Vagiz Galiulin (Doston Hamdamov 54; Farrux Ikromov 80), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (Oybek Bozorov, 54).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:45, 16.06.2021.
O'qildi: 10413 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик