Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Orzularimiz ko‘p edi, "ko‘mib qo‘yishdi"

Orzularimiz ko‘p edi, "ko‘mib qo‘yishdi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Jahon Chempionati saralashining 2-bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Odatda, suyuklilarimiz bu sikldan eson-omon o‘tib olib, keyingi bosqichda o‘sha "odatiy ishini" bajarar edi. Bu safar shu yerning o‘zida "safarimiz" nihoyasiga yetdi. Bir tomondan bu o‘yinimiz bilan shu yerda qolib ketishga haqlimiz. Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoa Falastinga 2-0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng tezda murabbiyni almashtirdik. Aslida, Kuper kabi murabbiyning O‘zbekistonni boshqarishi katta hodisa. Birgina mag‘lubiyatdan bu qadar katta hulosalar chiqarib, og‘zini to‘ldirib argentinalik mutaxassisni yomonlashga tushganlarni esa umuman tushunmayman. Go‘yoki, horijlik murabbiy "sehrgar" va u tezda natijalar ko‘rsatishi kerak edi. Bir murabbiyga ko‘proq vaqt imkoniyat berib, so‘ngra natija kutish oqilona qaror hisoblanadi, ammo so‘nggi yillarda biz UFA tomonidan hech qanday oqilona qaror guvohi bo‘lmadik. Ular ayrim sabrsiz muxlislardanda ko‘proq sabrsiz, aslida.

Qulashda davom etmoqdamiz

Bundan 10 va xatto 5 yil avval ham Biz Xitoy, Qatar, Suriya, Iroq kabi terma jamoalardan reytingda ham o‘yin bobida ham ustun edik. Hozir bunday deya olmayman. Qatar va Xitoy termalari futbolida progress bor. Birgina Qatarning o‘zi shu holatga kelishi uchun katta ishlarni amalga oshirdi. Horijiy mutaxassislar nafaqat klub va terma jamoada, balki akademiyalarda ham ishlayotgani o‘rnak olsa arzigulik holat. Xo‘p, Qatar moliyaviy tomondan bizdan ancha ustun, ammo Suriya va Iroqchi? Ularning muvaffaqiyatlariga sabab bo‘layotgan faktor nima deb o‘ylaysiz? Har holda bu pul emas. Reytingda pastlab ketganimiz o‘z yo‘liga, ammo o‘yin tomonlama ham biz ulardan ortdamiz deya bemalol ayta olaman. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng kuchli terma jamoasi, ammo mazkur sikl yakunlariga ko‘ra xatto Tojikiston bizdan bir pog‘ona yuqori o‘rindan joy egalladi. Agar, shu ketish bo‘lsa, O‘rta Osiyodagi o‘rnimizni ham boy berib qo‘yamiz.

Sabrli muxlislar

Biz sabr qilishda davom etamiz. Boshqa ilojimiz ham yo‘q. Muxlislarimiz har safar termamizning muvaffaqiyatsizliklaridan so‘ng nolishadi, ularni shaniga yomon gaplar aytishadi, ammo ko‘nikishadi va vaqt o‘tgach yana ularni muxlislik qilishda davom etadi. Futbolchilarimizni va murabbiyni ayblash ham to‘g‘ri emas. Qachonki, qarashlarimiz o‘zgarmasa, qandaydir yangilik qilinmasa bu omadsizliklar takrorlanaveradi, shu paytgacha takrorlanganiga o‘xshab. Bizni Jahon Chempionatiga Eldor Shomurodov yoki Jaloliddin Masharipov olib chiqa olmaydi. Bizga yaxlit tizim hamda biror loyiha zarur. Bizda har doim iqtidorlarli o‘yinchilar bo‘lgan, ammo biz o‘sha iqtidorlardan iborat omadsiz jamoaga aylanib qolmoqdamiz. Nima bo‘lgan taqdirda ham, biz ularga ishonishda davom etamiz. Zero, bir kun kelib ular bu ishonchni oqlashidan umidvormiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:29, 16.06.2021.
O'qildi: 9995 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.