"Barselona" klubi yozgi transferlar oynasida o‘z himoyachisini sotib yubormoqchi, deya xabar bermoqda "Cat Radio" nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, "ko‘k-anorranglilar" Junior Firponi sotish haqida o‘ylamoqda yoki ijaraga berish ham klubning rejalarida bor.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda umumiy 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ydi.