Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Yevro-2020da maydonga tushdi.
29 yoshli belgiyalik Daniyaga qarshi o‘yinning ikkinchi taym boshida Dris Mertens o‘rniga tushirildi.
55-daqiqada Torgan Azarga golli uzatma bergan Kevin 70-daqiqaga kelib o‘zi gol urishga erishdi.
Qayd etish kerak, xavbek niqobsiz o‘ynamoqda. U 29 may kuni YCHL finalida burun va ko‘z atrofidan olgan jarohatidan keyin endi tiklanib safga qaytdi.