"Ukraina terma jamoasi sardori Andrey Yarmolenko Shimoliy Makedoniyaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan keyin bir hazil qildi.
Ronaldu nima qilganini ko‘rdim. Coca Cola va Heineken-ni bu yerga qo‘yaman. Iltimos, ikkalangiz ham aloqaga chiqing".
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya sardori Krishtianu Vengriyaga qarshi bahsdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida kolani chetga surib, suv ichishni tavsiya qilgandi.