«Everton» vingeri Natan Broadxed klub bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi.
23 yoshli futbolchi «irischilar» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U APLdagi debyutini aprel oyida «Brayton» ga qarshi o‘tkazgan.
Oldinroq «Everton» yangi bosh murabbiy tayinlanishiga yaqin turgani haqida xabar berilgan edi.