Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jasur Abduraimov: «Bugun omad mezbonlar tomonida bo‘ldi»

Jasur Abduraimov: «Bugun omad mezbonlar tomonida bo‘ldi»

Baho:
+ | -

AGMK – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

"Bugun muxlislar haqiqiy derbining shohidi bo‘lishdi, deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham hujumkor, kombinasion futbol namoyish etishga harakat qildi. Cho‘zilib ketgan tanaffusdan keyingi ilk rasmiy uchrashuvga olmaliqliklar tezroq moslashishdi. Qolaversa omad ham maydon egalari tomonida bo‘ldi. Ular yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi.

Bizda esa aksincha. Ba’zan qulay vaziyatlarda yakuniy zarbalarimiz aniq chiqmadi. Mo‘ljalni aniq olganimizda esa AGMK himoyachilari va darvozaboni matonat ko‘rsatishdi. Bir qator futbolchilarimizdagi mikro travmalar ham bizga pand berdi.

Zaxira o‘rindig‘imizning torligi haqida esa tinimsiz aytib kelayapman. Yozgi transfer oynasi ochilgach, jamoadagi bo‘shliqlarni to‘ldirish borasida jiddiy bosh qotirishimizga to‘g‘ri keladi. Olmaliqliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa ishlashda davom etamiz. Ketma-ket ikkita uchrashuvni endi uyda o‘tkazamiz. Har uch kunda maydonga chiqishimiz kerak. Garchi uyda o‘ynasakda oson bo‘lmasligini bilamiz. Raqiblarimiz o‘ta jiddiy – “Nasaf” va “Navbahor”. Umid qilamanki, yigitlar “boksingdey”da muxlislarni xursand qilish uchun o‘zlarida kuch va shijoat topa olishadi", - deydi Jasur Birodarovich.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 05:06, 20.06.2021.
O'qildi: 1392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик