Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Shunchaki dahshat: Bektemir Meliqo‘ziyev prof boksdagi 8-jangida ayanchli nokautga uchradi (video)

Shunchaki dahshat: Bektemir Meliqo‘ziyev prof boksdagi 8-jangida ayanchli nokautga uchradi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning supero‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1, 6 KO) o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Gabriel Rosadoga (26-13-1, 15 KO) qarshi o‘tkazdi.

AQSH vaqti bilan 19 iyun oqshomida El-Paso shahri (Texas shtati) mezbonligida o‘tkazilgan Meliqo‘ziyev—Rosado jangi atigi 3 raund davom etdi. Jang aslida 12 raundga belgilangandi. 1-raund Bektemirning to‘liq ustunligida o‘tdi va u hatto raund so‘ngida Gabrielni nokdaun holatiga tushirdi. 2-raundda esa bokschilar biroz sokinlashdi. 3-raundga kelib Meliqo‘ziyev hujumga o‘tgan bir vaqtda Rosadoning o‘ta kuchli o‘ng qo‘l zarbasini qabul qildi va chuqur nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa jang yakunlandi.



Rosado bu g‘alaba orqali Bektemirning WBA Continental va WBO International kamarlariga ega chiqdi.

Qayd etish joiz, bu Bektemir Meliqo‘ziyev uchun professional boksdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. U Rosadoga qadar 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba (6 tasida nokaut bilan) qozongandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:22, 20.06.2021.
O'qildi: 20584 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик