«Chelsi» «Inter» yarimhimoyachisi Ashraf Hakimini nishonga olgan.
London klubi Milan shahri jamoasiga futbolchilar almashinuvini taklif qiladi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
«Chelsi» o‘z yarimhimoyachisi Ruben Loftus-CHikni «Inter»ga berishga tayyor. Albatta, shu asnoda «aristokratlar» Hakimi transferi uchun qo‘shimcha pul to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ allaqachon Hakimiga ancha manfaatli shartnoma taklif qilgandi.